Kuch ishonchda

Background
Solfy hamkorlik dasturi
To'lov kartalarini qo'llab-quvvatlash bilan savdo hajmini oshiring
Подробнее
Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O`zmilliybank va Rossiya Sberbanki $350 millionlik hamkorlik bitimini imzoladi

20.10.2018 1787

           



O`zekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida O`zmilliybank va Sberbank 350 million AQSh dollarlik hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Bitim Rossiya Sberbanki bilan yirik loyihalarni hamda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bo`yicha hamkorlikni nazarda tutadi. Bundan tashqari, mazkur kelishuv O`zmilliybank mijozlariga Sberbankning keng ko`lamli xizmatlaridan – moliyalashtirishni tuzish, savdoni moliyalash, loyihalarni moliyalashtirish hamda tovar va xizmatlar haridi vaqtida ishonchli va tasdiqlangan etkazib beruvchilarni tanlash uchun Sberbank ma`lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beradi.

Ushbu kredit liniyasining afzalligi shundaki, yuqori tekhnologik uskunalar va xizmatlarini etkazib berish, nafaqat, Rossiya balki Sberbankning filiallari tarmog`i mavjud bo`lgan mamlakatlardan (Belarus, Qozog`iston, Turkiya, Shveysariya, Chexiya, Vengriya, Serbiya, Horvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gersogovina) ham amalga oshirish imkonini beradi. 

Sberbank kredit liniyasi, davlatning kafolatsiz, eksport-kredit agentliklari sug`urta qoplamasi asosida jalb qilinadi.

Rossiya Sberbanki bilan hamkorlik nafaqat kredit resurslarini jalb qilish bilan chegaralanib qolmay, balki Rossiya bankining chakana bank xizmatlari, zamonaviy axborot texnologiyalari va mijozlarga xizmat ko`rsatishdagi eng yahshi amaliyotlarini o`rganish va uni O`zmilliybank tizimiga kiritish imkonini beradigan Sberbank korporativ universitetida O`zmilliybank hodimlarini tayyorlashni o`z ichiga oladi.

OAJ “Rossiya Sberbanki” 1841-yilda tashkil topgan bo`lib, bugungi kunda Rossiya va MDH mamlakatlarida aktivlari bo`yicha 1-o`rindagi bank (418 mlrd. AQSh ollari) va u eng keng bo`linmalar tarmog`iga ega bo`lib, dunyo bo`ylab 110 mln. mijozlariga investision va bank xizmatlarining to`liq spektirini taklif qiluvchi bank hisoblanadi.

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 24.09.2022 04:53:07

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2022 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish