Kuch ishonchda

Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
Background
Qo'shimcha to'lovlarsiz qismlarga bo'lib sotib oling
Ustama narxlarsiz, 0 so’m boshlang’ich to’lov, 12 oygacha. O’zbekiston bo’ylab minglab do’konlar.
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O‘zbekistonda Birinchi ochiq keys-chempionat boshlanmoqda!

17.07.2020 2248

O‘zbekistonda Birinchi ochiq keys-chempionat o‘tkaziladi. Musobaqada ishtirok etish uchun yosh va ta'lim darajasi bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.

Shuningdek, tajriba va kasbiy malaka talabisiz ham chempionat ishtirokchisi bo‘lish mumkin. Eng muhimi — bepul!

Ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etgan holda, muammolarga yechim topib, milliy chempionatda g‘olib chiqishlari va mamlakatni xalqaro miqyosda himoya qilishlari mumkin. Arizalar http://qabul.bfa.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

Nomzodlar jamoada samarali ishlash, notiqlik, taqdimot ko‘nikmalari, tahlil qilish va sintez qilish, innovasion yechimlarni topish qobiliyatlarini namoyish etishlari kerak.

Chempionat g‘oliblariga Bank-moliya akademiyasida bakalavr bosqichida 3-kursdan yoki 12 oylik magistratura dasturida o‘qishni davom ettirish taklifi beriladi. Agarda muammolar yechimini topishda tajribangiz yetarli bo‘lsa, o‘qishni davom ettirish va boshqa davlat diplomini olishni istamasangiz, sizga BMA maxsus kurslari va Akademiya tadbirlariga kirish huquqini beradigan g‘oliblik sertifikati beriladi.

Bu yildan BMAda bank ishi va moliya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va biznes boshqaruvi magistri (VVA va MVA) darajasini beruvchi yangi mutaxassisliklar ochilmoqda. Ta'lim eng yaxshi jahon biznes maktablarining materiallaridan foydalangan holda uch tilda olib boriladi. Magistrlar 12 oyda o‘qishni tugatadilar va iqtisodiy samara beradigan real biznes loyihalarini himoya qiladilar.

Mutaxassislik bo‘yicha yana bir yangi diplom — moliya va moliyaviy texnologiyalar IT va moliya sohasida o‘qitiladigan mutaxassislarga beriladi, ular kelajakda dasturiy mahsulotlar mualliflari, mobil ilovalar, startaplarning asoschilari — O‘zbekistondagi birinchi IT-millionerlardir.

«Davlat granti, korxonalar granti va kontrakt bo‘yicha 600ga yaqin talabalarni bakalavr va magistr darajalarga o‘qitish rejalashtirilmoqda», — deydi bu borada akademiya prorektori v.v.b., iqtisod fanlari doktori Zafar Berdinazarov.

Tanlov to‘liq masofaviy o‘tkazilib, pandemiya davrida talabalarning sog‘ligiga hech qanday havf tug‘dirmaydi.

2020-07-17-5_05_51.jpg

11
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 08.06.2023 21:43:03

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish