Maxsus imkoniyatlar
27.08.2019

О'zbekiston Milliy banki va Hitoy Davlat taraqqiyot banki 309 million AQSh dollari miqdorida shartnoma tuzdi

             nbulogo1_251x222.jpg                   image_2019-08-27_16-12-41.png

Hitoy Davlat Taraqqiyot Banki (HDTB) hamkorlik yillari davomida bir necha marotaba kredit liniyalarini taqdim etdi, ular orqali Milliy bank 460 dan ortiq kichik biznes va hususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirdi, shu jumladan, umumiy qiymati 655 mln. AQSh dollari bo'lgan 6 kredit liniyalari o'zlashtirildi.

O'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 2019 yil 26 avgustda O'zbekiston-Hitoy halqaro hamkorlik komissiyasining 5-yig'ilishi doirasida Milliy bank va HDTB o'rtasida "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasining samolet parkini modernizaciya qilish loyihasi bo'yicha 309,0 million AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolandi. 

Ushbu loyihalarni moliyalashtirishning asosiy banki sifatida HDTBni tanlash,  eksportni sug'urtalash agentliklaridan foydalanmasdan, yetkazib berish to'lovlari uchun imtiyozli davrni ta'minlaydigan moliyalashtirishning eng qulay shart-sharoitlari ta'minlanishi bilan bog'liq. Bu esa resurslar narhi oshishi oldini oladi. 

"O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi parkini yangilash  mamlakatning sayyohlik salohiyatini kengaytirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yahshilash va aviakompaniyaning yo'lovchilar oqimini ko'paytirisha qaratilgan.

HDTB bilan hamkorlik qilishning afzalliklari ko'p yillik hamkorlik tajribasi, qulaj moliyaviy sharoitlar va hujjatlar tezkorlik bilan ko'rib chiqilishi hisoblanadi. 

Imzolangan bitim ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga kuchli turtki beradi va kredit resurslarini nafaqat kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohasiga imtiyozli shartlarda jalb qilish, balki O'zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida yirik strategik investiciya loyihalarini moliyalashtirish uchun imkoniyat yaratadi hamda sheriklik aloqalarini mustahkamlash va moliyaviy institutlar o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning ko'rsatkichidir. 


Valyuta kurslari

  • USDUZS
  • 9430.00
  • EURUZS
  • 10520.00
  • RUBUZS
  • 149.00

Milliy
Mobil Ilova

Kreditlar to'g'risida ma'lumot
Kreditni qaytarish
Omonatlar to`grisida ma`lumot
Kreditning muddati haqida xabar berish va omonatlar bo'yicha hisoblangan foizlarni to'lash

Dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi guvohnomasi