Moliya vazirligi va Davlat Soliq Qo'mitasi qarori bilan soliq hisobotlari shakliga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

17.02.2015

Ushbu qaror shu yilning 2 fevralidan kuchga kirdi. Unda belgilanganidek, 2015 yil uchun soliq hisobotlari o'tgan yilda amal qilgan tartib va shakllarda amalga oshiriladi. Soliq xisobotining yangi shakllaridagi o'zgarishlarga yuridik shaxslar daromadiga bo'lgan soliqlar, obodonchilik va ijtimoiy infratizim rivojlanishi, jismoniy shaxslarning daromadlari, kiritilgan qiymatlar bo'yicha xisobotlar kiradi.  

Shuningdek aksiz soliq, suv resurslaridan foydalanish uchun soliqlar, yuridik shaxslardan olinadigan yuridik shaxslar mulklari va yer soliqlari bo'yicha soliq hisobotlarining shakllari ham o'zgartirildi. Bundan tashqari yagona ijtimoiy to'lov hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga fuqarolarning sug'urta to'lovlari, yagona soliq to'lovlari, yagona yer soliqlari va bozorlardan olingan daromadlar tizimiga  ham o'zgartirishlar kiritildi. 

 

UzReport






So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz