Kuch ishonchda

Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Kichik biznes subyektlarining eksport salohiyati oshmoqda

24.06.2014 2628

     Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida izchil amalga oshirilayotgan ishlar samarasida mamlakatimizning eksport salohiyati yuksalib bormoqda.
     Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bu borada muhim o‘rin tutmoqda. Mazkur jamg‘arma direktori vazifasini bajaruvchi Jahongir MUSTAFOYeV O‘zA muxbiriga mamlakatimiz korxonalarini eksport faoliyatiga jalb etish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy mamlakatlar ishbilarmonlari bilan aloqalar haqida so‘zlab berdi.
     – Mamlakatimizda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hajmi va korxonalarning eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 8-avgustda qabul qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan jamg‘armamiz tadbirkorlik subyektlarining o‘z mahsulotini tashqi bozorga chiqarishida yaqindan ko‘maklashmoqda. Bu jahon andozalariga mos mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilayotir.
     Joriy yilda sifat menejmenti tizimlarini (SMT) joriy etish maqsadida “O‘zstandart” agentligi bilan hamkorlikda hududlardagi bir qator korxonalar faoliyatini o‘rganib chiqdik. Ayni paytda ellikdan ziyod korxonada jamg‘armamiz moliyaviy ko‘magida xalqaro standartlarga asosan SMTni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari olib borilmoqda.
     Jamg‘armamiz va uning hududiy filiallari 2019-yilning 1-yanvariga qadar yagona ijtimoiy to‘lovdan boshqa barcha turdagi soliqlar, yig‘imlar, boj hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tovarlar va xizmatlarni oldindan haqini to‘lamasdan, akkreditiv ochmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga ega. Bularning barchasi tadbirkorlarimiz muvaffaqiyatli faoliyatining muhim omili bo‘lmoqda.
     Joriy yilning yanvar-may oylarida jamg‘arma tomonidan jami 570 ta tadbirkorlik subyektlariga qurilish, to‘qimachilik, kimyo, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shuningdek, sayyohlik, transport, marketing, konsalting xizmatlarini xorijga eksport qilishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada umumiy qiymati 379 million AQSh dollariga teng tovar va xizmatlar eksport qilishga erishildi.
     Tashkilotimiz ko‘magida yurtimiz ishlab chiqaruvchilari mamlakatimiz va chet ellarda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalar, biznes-forum va kooperatsion birjalarda ishtirok etib, mahsulotlari eksportining jo‘g‘rofiyasini kengaytirish, xaridorlar topish va shartnomalar tuzishga muvaffaq bo‘lmoqda.
     Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlarining biznes-forumi va kooperatsion birjasida jamg‘armamiz faol ishtirok etdi.
     Mazkur tadbirlar Janubiy koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda savdo, moliya, energetika, neft-gaz, kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, transport va logistika, avtomobil va temir yo‘llar qurish, metallurgiya, geologiya va kommunal xo‘jalik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, tibbiyot texnologiyalari va asbob-uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish va mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qilish imkonini berdi.
     Kooperatsion birja doirasida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi      Koreya Respublikasi xalqaro savdo uyushmasi, Importchilar hamda Ishbilarmon ayollar uyushmalari, shuningdek, “Shingdong Enercom”, “Bow Industrial”, “Bell Metal”, “K-Won Electronics” kabi yirik kompaniyalar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildi. Uchrashuvlarda o‘zbekistonlik ishbilarmonlarning xalqaro ko‘rgazma, yarmarka va tender savdolarida ishtiroki, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga potensial xaridorlar topish, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya jalb etishga oid hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldik. Jamg‘armamiz bilan Koreya Respublikasi importchilar uyushmasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
     Biznes-forum va kooperatsion birja doirasida jamg‘arma bilan Koreya Respublikasining “Viva International”, “Korea Thum Vet”, “Kimaz Korea”, “Kijing Hong” kabi kompaniyalari o‘rtasida 33,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan eksport va sarmoya kiritishga oid bitimlar imzolandi. Hujjatlar O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni nazarda tutadi.
     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining bunday tadbirlardagi faol ishtiroki o‘zaro manfaatli va serqirra xalqaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga, xususiy sektorning tashqi bozordagi faoliyatini kengaytirishga, mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

O‘zA,  24.06.2014

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 25.03.2023 10:27:18

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish