Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

Jahon banki Toshkentda yo'ldosh gazni yoqishni qisqartirish bo'yicha Global hamkorlikning III mintaqaviy konferensiyasini o'tkazdi

18.06.2012 1064

      Toshkentda 'Yo'ldosh gazlarni utilizatsiyalash va neft-gaz sohasidagi Sof taraqqiyot mexanizmni (STM) amalga oshirish. O'zbekiston tajribasi' mavzusidagi yo'ldosh gazni yoqishni qisqartirish bo'yicha Global hamkorlikning (GGFR) 3-mintaqaviy konferensiyasi o'tkazildi.
     Tadbir yo'ldosh gazni yoqishni qisqartirish bo'yicha Global hamkorlikni (GGFR) boshqaruvchi Janhon banki tomonidan 'O'zbekneftegaz' MXK bilan hamkorlikda tashkil etdi.
     Konferensiya ishida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining hukumat va milliy neft kompaniyalari, shuningdek xalqaro neft-gaz kompaniyalari va moliyaviy tashkilotlar ishtirok etdilar.
     'O'zbekneftegaz' MXK Boshqaruv raisi Shokir Fayzullaev qayd etishicha, bugungi kunda insoniyat oldida maksimal darajadagi mas'uliyatli munosabatni talab etuvchi o'ta muhim vazifalar mavjud. Birinchi navbatda so'z dunyo energetikasi tomonidan ekologiya uchun mavjud bo'lgan xatarlarning bartaraf etish hamda eng avvalo turli uglevodorodlar, jumladan neft va gazlarni qo'llash bilan bog'liq zararli moddalar va bug'langan gazlarni atmosferaga chiqarilishini qisqartirish to'g'risida ketmoqda. Faqatgina birdamlikdagi harakatlar bilan butun dunyodagi ekologik muvozanatni saqlashga erishish mumkin.
     Konferensiya chog'ida O'zbekistonda gazni utilizatsiyalash hamda 'O'zbekneftegaz' MXKning GGFR bilan hamkorligi to'g'risidagi qisqa metrajli hujjatli film namoyish etildi.
     Ishtirokchilar hamda mehmonlarga sun'iy yo'ldoshdan olingan suratlar hamda olimlarning grafiklari namoyish etilgan bo'lib, ular dunyoning barcha yerida yondilarlgan gaz mavjudligidan dalolat beradi. Mutaxassislarning baholariga ko'ra, har yili 140 mlrd. kubometr tabiiy gaz behuda sarflanadi. Misol tariqasida, butun sayyorada yoqish natijasida tabiatga chiqariladigan uglerod dioksidining hajmi qisqartirilsa, u holda bu yo'llardan qariyb 70 mln. avtomobillarni olib tashlanishiga teng keladi. Bu esa o'z o'rnida atrof muhitga salbiy ta'sirni kamaytirishga ko'mak berar edi.
     Har yili Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida gazni yoqish darajasi 60 mlrd. kubometrdan ortiqni tashkil etadi. Bu esa atmosferaga bir yilda qariyb120 mln. tonna karbonat angidridni chiqarishga tengdir. Biroq ba'zi mamlakatlar, xususan O'zbekiston gazni yoqilishini qisqartirish va gazdan foydalanish hajmini oshirish bo'yicha lozim sharoitlarni yaratish ustida muvaffaqiyatli ish olib bormoqdalar.
     Tadbirda ta'kidlanganidek, 1992 yilning o'zidayoq BMTning iqlim o'zgarishlari bo'yicha Doiraviy konvensiyasi qabul qilingan. Doiraviy konvensiyasi global iqlim o'zgarishi bilan kurashga qaratilgan birinchi xalqaro bitim bo'lib, uning natijasida insoniyat bug'langan gaz chiqindilarini barqarorlashtirishga qilayotgan harakatini namoyoyon eta oldi. 1993 yilda O'zbekiston mazkur Konvensiyaga a'zo bo'ldi.
     Konferensiyada, shuningdek yo'ldosh gazlarning yonishi, gazining mash'al bo'lib yonishi, mash'al gazini utilizatsiyalash, gazni qayta ishlash va transportda tashish, shuningdek yo'ldosh gazlarning yonishini qisqartirishda kichik energetikadan foydalanishga taalluqli bo'lgan masalalar muhokama etildi.
     Xususan, mash'al gazining global kamayib ketishini oshirish to'g'risidagi o'z nutqida GGFR rahbari Bent Svensson GGFR o'z faoliyati davomida ko'plab muhim natijalarga erishganini ta'kidlab o'tdi. Bugungi kunda GGFR Ozarbayjon, Qozog'iston, Rossiya, Turkmaniston va O'zbekistonda gaz yonishlarini qisqartirish bo'yicha harakatlarni qo'llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, yo'ldosh gaz yoqilg'ilarini qisqartirish bo'yicha Global hamkorlikni boshqaruvchi Jahon banki ko'magi bilan yetakchi neft qazib oluvchi kompaniya va davlatlar hamkorlikda yo'ldosh gazlarning qo'llanilishini o'sish ko'rsatkichini saqlab qoluvchi to'siqlarni bartaraf etish yo'li orqali gazarning buhuda ishlatilishini qisqartirishga qaratilgan yo'nalishlarda hamkorlikda ish olib bormoqdalar.
     Misol tariqasida, 'O'zbekneftegaz' MXK 2008 yilning iyun oyida GGFR hamkoriga aylandi. Aynan o'sha vaqtdan boshlab kompaniya yo'ldosh gazlarni ishlatish masalasi borasida faol ishlar olib bormoqda.
     GGFR 'O'zbekneftegaz' bilan hamkorlikda gaz yoqshning hajmini o'lchash tizimini takomillashtirish hamda mazkur sohada imkoniyatlarni yaratmoqda. Yo'ldosh gazni yoqsh borasidagi Kompaniya rejasini amaliyotda qo'llash orqali 'O'zbekneftegaz' gaz yoqishning mavjud manbaalarini identifikatsiyalash hamda mazkur manbalarning yo'ldosh gazlarini utilizatsiyalash uchun eng maqbul texnik va moliyaviy yechimlarni aniqlamoqda.
     Bo'lib o'tgan konferensiya yo'ldosh gazlarni behudaga sarflash masalasini muhokama etish uchun o'ziga xos maydon bo'lib, hamkorlikdagi rejalarni ishlab chiqish hamda turli mamlakatlarning mazkur sohadagi mutaxassislari bilan tajriba almashish imkonini berdi.

UzReport 19.06.2012

 

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

21.04.2021

"O‘zmilliybank" AJ mijozlari diqqatiga

19.04.2021

Umumjahon pul haftaligi: yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

16.04.2021

Uy-joy uchun krеditlar qulay shartlarda taqdim etilmoqda

15.04.2021

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 21.04.2021 09:44:34

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.