Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

I I I chorak yakuniga ko'ra Milliy bank tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga 1,1 trln. so'm kreditlar ajratildi

28.10.2014 1018

 

So'nggi yillar tajribasidan ko'rinib turganidek, iqtisodiyotning muhim tuzilmaviy sektori hisoblangan kichik biznes sohasi ichki bozorni zaruriy mahsulotlar va xizmatlar bilan to'ldirish, iqtisodiyotning barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash va diversifikatsiya qilish, shuningdek aholi farovonligini oshirishda asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Iqtisodiyot taraqqiyotining bugungi bosqichida bank hamjamiyati uchun xususiy tadbirkorlarning banklarga bo'lgan qiziqishini oshirish asosiy vazifa sanaladi. Aytish kerakki, faoliyati kichik biznes sohasi vakillari bilan ishlashga yo'naltirilgan banklar mazkur toifaga kiruvchi mijozlarning jihatlarini inobatga olish, imtiyozlar belgilash, kredit olishga oid murojaatlarni ko'rib chiqish muddatlarini qisqartirishga xarakat qiladi.

Milliy bank tomonidan taqdim qilingan kreditlar mulk shaklida tahlili qilinadigan bo'lsa, qayd etish mumkinki, O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kichik biznesni qo'llab-quvvatlashda iqtisodiyotning keng ko'lamli tarmoqlarini qamrab oladi. Xususan, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarishi, qishloq xo'jaligi, kimyo sanoati, xizmatlar sohasi va boshqalar shular jumlasidandir. Banklar kreditlar ajratish orqali xizmatlar, xalq hunarmandchiligi sohalari va tadbirkorlik faoliyatining turli yo'nalishlariga ko'mak beradi. Mahalliy iqtisodiyotga xorijiy mablag'larning kiritilishi qo'shma korxonalar sonining ortishiga olib keladi. 2014 yil boshidan bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 1,1 trillion so’mdan ziyod summani tashkil qildi. Xususan, O'zbekiston Milliy Bankining Olmazor tumanidagi filiali ham mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Jumladan, aynan shu filial mijozlaridan biri bo'lgan “AROMA COLOR” MCHJ ga ajratilgan kredit mablag'lar natijasida, mazkur korxonada erishilayotgan yutuqlarni misol tariqasida keltirish mumkin.

Susana Faxriddinova - “AROMA COLOR” kompaniyasi dizayneri “UzReport AA” muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

 – Kompaniyamiz tomonidan Toshkentda har hil turdagi paypoq ishlab chiqarish bo'yicha yangi fabrika ishga tushirildi. Fabrika zamonaviy italyan to'qish va tikish uskunalari bilan jixozlangan bo'lib, ularning ishlab chiqarish quvvatlari har oyda 350 ming juft paypoq tayyorlash imkonini beradi. Ilg'or texnologiyalarni qo'llash orqali esa turli rang va dizayndagi mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin. Tobora takomillashib borayotgan ishlab chiqarish quvvatlari kompaniyaga o'z mahsulotlari ko'lamini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Bu yerdagi barcha mahsulotlar mahalliy hamda xorijiy yuqori sifatli tabiiy xom-ashyodan tayyorlanadi.

Respublika rahbariyati eksport qiluvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari va xizmatlarini xorijiy bozorlarga ilgari surishni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalar sifatida belgilab berdi. Shu tariqa, bugungi kunda bank maksimal darajadagi tijorat samarasiga erishishga yo'naltirilgan yagona sozlangan mexanizm kabi faoliyat yuritib, olingan natijalar ishonch bilan rivojlanishda davom etish imkonini bermoqda. Milliy bank bundan keyin ham respublika rahbariyati tomonidan zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda davom etib, tabiiyki, mijozlar tomonidan bildirilayotgan ishonchni oqlashni rejalashtirgan. 

 

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

21.04.2021

“O‘zmilliybank” AJ kapital ta’mirlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

20.04.2021

“O‘zmilliybank” AJ vidеorolik tayyorlash bo'yicha tanlov e’lon qiladi

20.04.2021

"O‘zmilliybank" AJ mijozlari diqqatiga

19.04.2021

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 23.04.2021 01:03:01

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.