Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

Hunarmandlik mahsulotlari – eksportga

29.09.2014 1565

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasida hunarmandlik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda mutasaddi davlat tashkilotlari, sanoat korxonalari va tashqi savdo kompaniyalari vakillari, hunarmandlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori vazifasini bajaruvchi J.Mustafoyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida mamlakatimizning eksport salohiyati yuksalib borayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 8-avgustda qabul qilingan qarori asosida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamg‘arma ishlab chiqaruvchilarning chet ellarda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro yarmarkalar, biznes-forum va kooperatsion birjalarda ishtirok etishi, xaridorlar topishi va shartnomalar tuzishiga, eksport jo‘g‘rofiyasini kengaytirishga ko‘maklashmoqda. Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida jamg‘arma tomonidan 657 tadbirkorlik subyektiga tashkiliy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar ko‘rsatildi. Natijada 630,6 million AQSh dollari miqdoridagi tovar va xizmatlar, jumladan, 13 million dollarga teng hunarmandlik mahsulotlari eksport qilindi. 

Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligimiz mahsulotlariga xorijliklarning qiziqishi yuqori. Milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasida yurtimizda bu sohalar ham izchil taraqqiy etmoqda. Respublika “Hunarmand” uyushmasi qoshida olti yuzdan ortiq “Ustoz-shogird” maktabi faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimiz hunarmandchilik kasb-hunar kollejlarida zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, milliy-etnografik badiiy liboslar dizaynerligi, to‘quvchilik, kashtachilik, temirchilik kabi qator yo‘nalishlarda minglab o‘quvchilar tahsil olmoqda. Yosh hunarmandlar va mohir ustalarimizning kulolchilik, o‘ymakorlik, kashtachilik, zardo‘zlik, kandakorlik buyumlari turli xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilib, e’tibor qozonmoqda. 

– Prezidentimiz rahnamoligida milliy hunarmandlikni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar faoliyatimiz rivojida muhim omil bo‘layotir, – deydi xususiy tadbirkor M.Sa’dullaev. – “MMM” savdo belgisi ostida tabiiy teridan gilamlar tayyorlaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida turli xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda qatnashib, mahsulotlarimizni eksport qilmoqdamiz. Xususan, joriy yilning may oyida Xitoyning Sian shahrida o‘tgan xalqaro sanoat yarmarkasida 20 ming dollarga gilamlar sotdik va yana 200 ming dollarlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladik. 

Davra suhbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda ko‘maklashish masalalari muhokama etildi. 

2
1



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

"O‘zmilliybank" AJ mijozlari diqqatiga

19.04.2021

Umumjahon pul haftaligi: yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

16.04.2021

Uy-joy uchun krеditlar qulay shartlarda taqdim etilmoqda

15.04.2021

“O‘zmiliybank” AJ raqamli banking platformasini joriy qilish bo`yicha tanlov e`lon qiladi

14.04.2021

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.04.2021 12:26:27

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.