Kuch ishonchda

Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Подробнее
Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali “POKIZA YAAA” MChJ tomonidan bo‘lgan murojaatga “O‘zmilliybank” AJ ning rasmiy munosabati

24.08.2021 714

Joriy yilning 24 avgust kuni “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i “antikorrupsiya” guruhida “Tadbirkor bank mafiyasi ichida qoldi” mavzusidagi, ya'ni “O‘zmilliybank” AJ Uchqo‘rg‘on filiali tomonidan «POKIZA YAAA» MChJga 5,9 mlrd. so‘m kredit ajratishdagi muammolar haqida joylashtirilgan murojaatga munosabat.

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan “POKIZA YAAA” MChJ tomonidan “O‘zmilliybank” AJ Uchqo‘rg‘on filialiga “bolalar tagligi va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish” maqsadida ishlab chiqarish bino-inshootlarini qurish uchun 5,9 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratish so‘ralgan.

Kredit ta'minoti sifatida, boshqa yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan qurilishi tugallanmagan ko‘chmas mulk taqdim qilingan, ya'ni ko‘chmas mulk hujjatlar bo‘yicha 5 qavatli deb ko‘rsatilgan bo‘lib, bugungi kunda faqatgina 3 qavatida qurilish ishlari olib borilayotgan tikuvchilik sexi binosi hisoblanadi (foto suratlar keltirilmoqda).

“POKIZA YAAA” MChJ tomonidan bank krediti olish yuzasidan taqdim etilgan barcha hujjatlar, garov ta'minoti sifatida taqdim qilingan mulklar holatlari amaldagi qonunchilik va ichki me'yoriy hujjatlarga muvofiq o‘rganib chiqilgan va hujjatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda loyiha yo‘nalishiga muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni taqdim qilish so‘ralgan.

Jumladan, qurilishga oid loyiha-smeta hujjatlari, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini qayta ishlab chiqish, kelgusida kutilayotgan moliyaviy ko‘rsatkichlarni asoslantirish hamda amaldagi talablarga asosan tashabbuskor tomonidan investisiya loyihasini amalga oshirishda loyiha qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorida o‘z mablag‘lari bilan ishtirok etishi lozimligi so‘ralgan.

Shu o‘rinda qayd etib o‘tish lozimki, korxona ta'sischilariga tegishli bo‘lgan yana bir korxonaga 2019 yilda “O‘zmilliybank” AJ Uchqo‘rg‘on filiali tomonidan “tikuvchilik sexini (garovga qo‘yish rejalashtirilgan bino foto suratlari keltirilgan) qurish” maqsadida 3,85 mlrd. so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilgan. Ushbu loyiha biznes rejasiga muvofiq 2020 yil IV choragida ishga tushirilishi belgilangan. Biroq, bugungi kungacha loyiha ishga tushirilmagan.

Shuningdek, mazkur kreditga xizmat ko‘rsatish davri mobaynida ajratilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lovlari kechiktirilib, bugungi kun holatiga 155,0 mln so‘m miqdorida muddati o‘tgan qarzdorlik vujudga kelishiga yo‘l qo‘yilgan.

Murojaatda keltirib o‘tilgan, “bankdagi byurokratiya va korrupsiya oqibatida bu bankdan katta zarar ko‘rmoqda” deya qayd qilingan. Korxona ta'sischilariga tegishli bo‘lgan ikkinchi korxonaga 2019 yilda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan yuqorida ta'kidlangan kredit mablag‘i ajratilgan. Ushbu kredit ajratish jarayonida mijoz tomonidan bank xodimlariga nisbatan hech qanday e'tirozlar bo‘lmaganligiga qaramasdan kreditni qaytarish va loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilmasdan kelinmoqda.

Tadbirkorning so‘zlarida keltirib o‘tilgan holat, ya'ni bank xodimlari tomonidan tadbirkorga kredit mablag‘larini ajratishda byurokratiya va korrupsiya holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish huquqidan foydalanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

“POKIZA YAAA” MChJ tomonidan bankka kredit ta'minoti sifatida garovga qo‘yilayotgan ikkinchi ko‘chmas mulk qurilishi boshlangan va yerto‘la qismi tugallangan, xolos.

Murojaatda esa ushbu bino bo‘yicha “tadbirkor o‘z hisobidan qurilish ishlari boshlangani, 80% bino, inshoot tayyor bo‘lgan” deb keltirgan, haqiqtada esa 10% ish bajarilgan, buni joyiga borib olingan foto suratlar tasdiqlaydi.

Bank ajratilayotgan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarilishini ta'minlash uchun loyihani amalga oshirish natijasida korxonaning kelgusida yetarli pul oqimlariga ega bo‘lishini bilishi lozim.

Buning uchun ishlab chiqarish binosi qurib bitkazilgach, “bolalar tagligi va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish” uskunalarini sotib olish, o‘rnatish, ishga tushirish, xom-ashyo bilan ta'minlash, kommunikasiyalarga ulanish, ulardan foydalanish hamda ishchi kuchlar jalb qilish xarajatlari manbalari asoslab berilishi lozim.

Shuningdek, “POKIZA YAAA” MChJ tomonidan oldin berilgan murojaatga asosan bankning respublika apparati xodimlari tomonidan 2021 yil 13 avgustda joyiga chiqqan holda “O‘zmilliybank” AJ Namangan viloyat va Uchqo‘rg‘on filiali xodimlari birgalikda tadbirkor bilan uchrashilgan, qurilishi rejalashtirilgan mulklar joyiga chiqib o‘rganilgan, barcha masalalar tushuntirilib suhbat bayoni tuzilgan.

Tadbirkor ushbu loyihaga kredit ajratilishida amaliy yordam so‘rab bankning bosh ofisiga kelganida, Boshqaruv Raisi o‘rinbosari, Ijro apparati va kreditlovchi departamentlar direktorlari ishtirokida 2021 yilning 16 va 19 avgust kunlari qabul qilingan (foto suratlar keltirilmoqda).

Bankning Bosh ofisida tadbirkor bilan suhbat davomida loyiha bo‘yicha hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf qilish hamda loyiha yo‘nalishiga muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni taqdim qilish so‘ralgan (2021 yil 19 avgustda 02/5-633/31-sonli xat tadbirkorning shaxsan qo‘liga berilgan, o‘qib tanishib savol-javob tarzida suhbat qilingan).

"O‘zmilliybank" AJ doimo tadbirkorlarning yangi g‘oya va tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, birgina joriy yilning o‘tgan davrida ajratilgan kreditlar hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113 foizga o‘sganligi ham buning yaqqol isbotidir. Buning uchun kredit resurslari ham yetarli.

Biroq, tadbirkorlardan ham Bank ishonchini yo‘qotmasliklarini, kredit olishda to‘g‘ri va aniq hujjatlar taqdim etishlarini, shuningdek, olgan kreditlarini o‘z vaqtida qaytarish choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

Korrupsiya holatlari bo‘yicha asosli ma'lumot, dalillaringiz bo‘lsa, "O‘zmilliybank" AJda tashkil qilingan 78 148 00 53 telefon raqami orqali bog‘lanib xabar berishingizni so‘raymiz.

Shu o‘rinda, qayd qilib o‘tmoqchimizki, O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik hamda Jinoyat kodekslarning tegishli moddalariga muvofiq tuhmat qilish (ya'ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish) o‘rnatilgan tartibda ma'muriy hamda jinoiy javobgarlikka olib keladi.

“O‘zmilliybank” AJ

Ijro apparati

2-min.jpg

3-min.jpg

Tadbirkorning “qurilishi boshlangan, 80% bino inshoot tayyor bo‘lgan” deb qayd qilgan binosi

4-min.png

2021 yil 19 avgust kuni "O‘zmilliybank" AJ rahbariyati va mas'ul xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan murojaatchi shaxsiy qabuli

0
1



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 24.09.2022 04:53:07

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2022 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish