Endilikda emitent kartochka egasidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat so'rash huquqiga ega bo'ldi

15.03.2015

Markaziy Bank Qarori bilan  tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularning O'zbekiston Respublikasida muomalada bo'lishi tartibi haqidagi Nizomga o'zgartirishlar kiritildi. Unga  binoan emitentning kartochka egasidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat so'rash huquqi belgilab qo'yildi.

Ma'lumki, ilgari bunday huquq emitentga to'lov tashkiloti qoidalariga asoslanib berilgan. Endilikda esa bunday huquq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legalizatsiyalash va tijorat banklarda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazorat Qoidalari asosida o'rnatilgan.  Xuddi shu asosda bank kartasi egasidan shaxsni tasdiqlovchi xujjatni taqdim etishni talab etish huquqiga ekvayer ham ega.

Eslatib o'tamiz, emitent – bu bank kartalarining emissiyasini amalga oshiruvchi, bank kartalarini emissiya etishda mulk xuquqiga egalik qiluvchi hamda  bank kartalaridan foydalanishni inobatga olib, karta egalari xuquqlarini amalga oshirish bo'yicha o'z nomidan bank kartalari egasi va ekvayerlar oldida majburiyatlarga ega bo'lgan bank xisoblanadi. Bank kartasi emitenti faqat bank bo'lishi mumkin. Ekvayer – bu ekvayringni amalga oshiruvchi bank bo'lib, u bank kartalaridan foydalanish operatsiyalari bo'yicha hamda kassalarda yoki bankomatlarda karta egalariga naqd pul to'lash bo'yicha mahsulot sotuvchilari bilan hisob kitob qilishni nazarda tutadi.

 

 

UzReport






So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz