Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

Bank hodimining kasbiy etika Kodeksi ishlab chiqildi

21.06.2015 1784

O'zbekiston banklar Assotsiatsiyasi tomonidan bank hodimining kasbiy etika Kodeksi taqdim etildi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad, O'zbekistonning banklar uyushmasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish va sohaga oid hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. Ushbu Kodeksga rioya qilish natijasida bank hodimlarining kasbiy malakasi, ularning ishonchliligi, milliy qonunchilik va umum qabul qilingan ahloq-etika normalariga mos kelishiga zamin yaratiladi.

Mazkur Kodeks mijozlarga xizmat ko'rsatishda ishga oid va kasbiy etika talablarini o'z ichiga qamrab olgan.  Xujjatda shunday prinsiplar belgilanganki, mamlakatimiz banklari o'z faoliyatlarini ular asosida amalga oshirishlari lozim.

Bundan tashqari, banklar qonunchilik normalari, kasbiy etika va an'analarga asoslangan holda, banklararo hamkorlikni kuchaytirish, o'z majburiyatlariga rioya qilish, sog'lom raqobatga amal qilish, shuningdek, Kodeksda o'rnatilgan boshqa prinsiplarga rioya etishlari lozim.           

Ushbu Kodeks bankning o'z aksionerlari oldidagi majburiyatlarini belgilaydi. Xususan, ular huquqlarini cheklab qo'yish, bank faoliyatida ishtirokini ta'minlash, banklarni boshqarish ishida shaffoflikka erishish shular jumlasidan. 

Shuningdek, mijozlar  va hodimlar oldida hamda banklararo hamkorlik munosabatlarida bank majburitlariga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Xujjatda korporativ boshqaruv, xizmat va xizmatdan tashqari, hamda ishga oid etika to'g'risida qoidalar ham qamrab olingan. Unda banklar o'z hamkasblari va mehnatni qadrlovchi korporativ madaniyatni ifodalovchisi sifatida belgilangan.  Bank hodimlari bank va tijorat sirlarini saqlash, o'zlarining va o'zgalarning vaqtini qadrlash, shuningdek, boshqa etika va odob-ahloq qoidalari normalariga murojaat etishlari lozim.

 

UzReport

1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

21.04.2021

“O‘zmilliybank” AJ kapital ta’mirlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

20.04.2021

“O‘zmilliybank” AJ vidеorolik tayyorlash bo'yicha tanlov e’lon qiladi

20.04.2021

"O‘zmilliybank" AJ mijozlari diqqatiga

19.04.2021

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 22.04.2021 14:35:53

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.