Kuch ishonchda

Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga qaratilgan e'tibor

03.06.2015 2304

Respublikamiz  aholisining asosiy turdagi meva-sabzavot mahsulotlariga bo'lgan extiyojini to'liq ta'minlash maqsadida, joriy yilda jami 9535,8 ming tonna sabzavot, 2606,3 ming tonna kartoshka, 1770 ming tonna poliz, 2703,1 ming tonna meva va 1526 ming tonna uzum mahsulotlari yetishtirish ko'zda tutilgan.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yil hosili uchun ayni paytda asosiy va oraliq ekin maydonlariga 263,8 ming gektar sabzavot, (bu - yillik rejaga nisbatan 100,3 foizni tashkil etadi), 87,1 ming gektar kartoshka (101%) va 64,3 ming gektar poliz (100,5%) ekinlari ekildi. shuningdek, ko‘p ming gektar maydonda yangi intensiv bog‘lar, tokzorlar barpo qilinib, eskirgan bog‘lar  va  tokzorlarda rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish darajasini yanada oshirish maqsadida, joylarda fermer xo‘jaligi negizida hamda aholi tomorqalarida ko‘plab  issiqxonalar tashkil etildi.

Meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining oshib borishi o‘z-o‘zidan ushbu mahsulotlarni nobud qilmasdan saqlab, ichki bozorga va eksportga yuborish uchun zamonaviy sovutgich kameralarga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Ushbu maqsadda qabul qilingan, 2011-2015 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash dasturiga asosan 2015 yilda joylarda 70,2 ming tonna mahsulot saqlash quvvatiga ega 97 ta yangi sovutgich kameralar tashkil qilish va 1,4 ming tonnalik 4 ta mavjud sovutgichlarni modernizatsiya qilish ko‘zda tutilib, amalda bugungi kunga qadar 6,8 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan 8 ta yangi sovutgich kameralar tashkil qilinib, 300 tonnalik bitta sovutgich kamera modernizatsiya qilindi.

2015 yilda sovutgichlarni ishga tushirish manzilli dasturga asosan qurilish-montaj ishlarini yakunlash va sovutgichlarni foydalanishga topshirish joriy yilning  III-IV choraklariga belgilangan.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, ko‘rilgan chora-tadbirlar evaziga joriy yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 110 foizga ko‘p sabzavot mahsulotlari yetishtirildi va aholi ehtiyojiga yo‘naltirildi.

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 25.03.2023 10:27:18

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish