Kuch ishonchda

Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

2015 yilning I-yarim yilligida TIF Milliy banki tomonidan 961 mlrd. so'm miqdorida investitsion kreditlar ajratildi

17.08.2015 1884

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun joriy yilning I-yarim yilligida 961 mlrd. so'm miqdorida investitsion kreditlar  yo'naltirildi. Bankning 2015-yil uchun mo’ljallangan kredit siyosatiga muvofiq,  shu yilning birinchi yarmida bank tomonidan ajratilgan kreditlar zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini qurish, amaldagilarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, namunaviy loyihalar bo'yicha uy-joy  qurilishini  kreditlash ko'lamini oshirishga yo'naltirilgan.

Hozirda bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, yosh oilalarning moddiy sharoitini yaxshilash maqsadida iste'mol kreditlari  hajmini ko'paytirishga e'tibor qaratgan. Ma'lumotlarga qaraganda, bank kredit portfelining asosiy qismi uzoq muddatli kreditlardan tashkil topgan bo'lib, ular jami portfelning 96% ini tashkil etadi.

Mazkur mablag'lar asosan,  tarmoq tuzilishi bo'yicha transport va aloqani rivojlantirish, yonilg'i-energetika kompleksi, tashqi, ichki savdo va ta'minot korxonalari, qishloq xo'jaligi, qurilish va qurilish materiallari sanoati, kimyo va neft kimyo sanoati va boshqa sohalarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror faoliyat yuritishi va eksport salohiyatini oshirish maqsadida o'tgan 7 oy davomida bank tomonidan 175,0 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kredit mablag'lari ajratildi.

- O'zmilliybank kichik biznesni rivojlantirish dasturi bo'yicha xorijiy banklar va moliya muassasalarining, Respublika byudjetdan tashqari fondlarining kredit yo'nalishlarini va bankning o'z mablag'larini o'zlashtirish hisobiga loyihalarni ko'rib chiqish va ularni moliyalashga doir ish olib bormoqda, - deydi kredit portfelini rivojlantirish va tahlil qilish bo'limi boshlig'i Ozodjon Sa'diyev  - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga barcha moliyalash manbalari hisobidan joriy yilning o'tgan davri mobaynida 983 mlrd.so'm miqdorida kreditlar ajratilgan bo'lib, shundan jami 152 mlrd.so'mni mikrokreditlar tashkil etdi.

Shuningdek, ichki bozorni oziq va nooziqovqat mahsulotlari bilan to'ldirish maqsadida 314,0 mlrd. so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratildi. Yosh oilalarning moddiy-maishiy sharoitini yaxshilash maqsadida esa  yil boshidan beri bank bo'limlari tomonidan  10,0 mlrd.so'mga yaqin  ipoteka kreditlari berildi. Bundan tashqari, Milliy bank tomonidan xorijiy banklarning qayta moliyalashtirilgan manbalari hisobidan hozirgi vaqtda umumiy summasi 4,34 mlrd. AQSH dollari (ekvivalentda) miqdoridagi 95 ta investitsiya loyihasi bo'yicha 105 ta kreditga, shu jumladan umumiy miqdori  400,0 mln. AQSH dollariga teng  4 ta lizing shartnomasiga xizmat ko'rsatilmoqda.

 

UzReport

yuklab olish

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 25.03.2023 10:27:18

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish