2015 yilda Milliy bank tomonidan 46 ta massivda namunaviy uy-joylarni qurilish-montaj ishlari uchun jami 489 mlrd. so'm ajratildi

03.03.2015

Yurtboshimizning 2010 yil 17 iyundagi “Qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarori asosida mamlakatimizning barcha hududlarida namunaviy loyihalar asosida 3, 4 va 5 xonali uylar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.Bu borada O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki xam o'zining munosib salmoqli hissasini qo'shib kelmoqda.  

Qishloq aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yanada yaxshilash, namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko'lamini kengaytirish, qishloqda transport va muhandislik kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish davlatimizning yanada gullab yashnashida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada yurtimizda bir necha yillardan buyon keng ko'lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki qishloq qurilishini kreditlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Xusan Shukurov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida: ”Prezidentimizning 2013 yil 4 yanvaridagi “2013 yilda qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturi to'g'risida”gi Qarorga muvofiq qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylarni  “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurilishni moliyalashtirishga 2013 yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham jalb etildi. Bugunga kelib Milliy bank tomonidan shu o'tgan vaqt davomida Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida 2013 va 2014 yil dasturlari  bo'yicha namunaviy uy-joylarni qurilish -montaj ishlari uchun jami 486 mlrd. so'm ajratilgan. Shuningdek, fuqarolarni badal mablag'lari hisobidan 197 mlrd. so'm moliyalashtirish ishlari amalga oshirildi”, - deb ta’kidladi.

Shu o'rinda qayd etish joizki, bugungi kunda Milliy bank aholiga keng qulayliklar yaratish maqsadida namunaviy uy-joylarning kredit foizlarni to'lash uchun qo'shimcha tarzda “Hisobli” omonatini taklif etmoqda. Kuni kecha yangi joriy qilingan, ushbu omonat turida hisoblangan foizlar har oyda jismoniy shaxsni qishloq joylarida uy-joy qurilishi uchun olgan kreditining foizini qoplashga yo'naltiriladi.

Shuningdek, 2014 yil dasturi buyicha Respublikamizning 25 ta tuman va 41 ta massivlarida 2019 ta namunaviy uy-joylarni qurilish -montaj ishlari uchun jami 321 mlrd .so'm ajratilgan bo'lib, fuqarolarga ajratilgan  uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hisobidan 194 mlrd. so'mni tashkil qiladi. Fuqarolarni badal mablag'lari hisobidan 127 mlrd. so'm moliyalashtirish ishlari amalga oshirildi

Takidlash lozim, 2015 yilda ham Milliy bank tomonidan 46 ta massivda namunaviy uy-joylarni qurilish-montaj ishlari uchun jami 489 mlrd. so'm ajratildi. Shu bilan bir qatorda, fuqarolarni badal mablag'lari hisobidan 167 mlrd. so'm moliyalashtirish ishlarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.Shuni alohida qayd etish joizki, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan foydalanishga topshirilayotgan yangi uylar xalqimizning hayot tarzi, mahalliy iqlim sharoiti, shu bilan birga, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya tizimlari bilan uyg'un, bahavo, yorug', keng va qulay holda barpo etilayotgani yurtdoshlarimizga ma'qul kelmoqda.х выставки коммерческие банки вручат сертификаты на право получения льготного кредита субъектам малого бизнеса и частного предпринимательства, производственным микрофирмам, дехканским и фермерским хозяйствам, а также начинающим предпринимателям в отдаленных и густонаселенных регионах, которые победили в конкурсе проектов по обеспечению занятости населения.

 

Вместе с тем, на выставке будет присутствовать и  ряд других организаций, которые активно сотрудничают с банковской системой по вопросам поддержки малого бизнеса, особенно начинающих предпринимателей и выпускников профессиональных колледжей.

Таким образом, для участников и гостей «BankExpo-2015» предоставит возможность для обмена информацией и опытом, подробного ознакомления с достижениями и перспективами развития банковского сектора, а также расширения взаимовыгодного партнерства между представителями банков и бизнеса.

 

UzReport






So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz