Kuch ishonchda

Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarida uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar va erishilgan natijalar to‘g‘risida ma’lumotnoma
“O‘zmilliybank” AJ tomonidan 2013-2020 yillar davomida Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan respublikamizning qishloq joylarida 17 627 ta namunaviy uy-joylar qurilishi uchun 210,7 mln. AQSh doll. (1,4 trln.so‘m ekv.) miqdorida mablag‘lar jalb etilgan bo‘lib, fuqarolarga yillik 7%, uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratilgan. Jumladan:
- 2013-2014 yillarda davlat dasturi doirasida qurilgan 3 217 ta arzon namunaviy turdagi 6 sotixli barcha qulayliklarga ega uy-joylar uchun jami 131,4 mln. AQSh doll. (289,3 mlrd.so‘m ekv.) mablag‘lari jalb etilgan. Shundan, Moliya vazirligining maqsadli mablag‘lari hisobidan 2 321 ta uy-joylar uchun 95,7 mln. AQSh doll. (207,8 mlrd.so‘m ekv.) va Osiyo taraqqiyot bankidan 896 ta uy-joylar uchun 35,7 mln. AQSh doll. (81,5 mlrd.so‘m ekv.) miqdorida mablag‘lar ajratilgan.
- 2015-2017 yillarda davlat dasturi doirasida qurilgan 7 542 ta arzon namunaviy turdagi 6 sotixli, ikki qavatli 4 sotixli hamda ikki qavatdan iborat ko‘p xonodonli ijtimoiy uy-joylar uchun jami 342,0 mln. AQSh doll. (885,5 mlrd.so‘m ekv.) jalb etilgan. Shundan, Moliya vazirligining maqsadli mablag‘lari hisobidan 6 754 ta uy-joylar uchun 306,0 mln. AQSh doll. (791,7 mlrd.so‘m ekv.) va Osiyo taraqqiyot bankidan 788 ta uy-joylar uchun 36,0 mln. AQSh doll. (93,8 mlrd.so‘m ekv.) miqdorida mablag‘lar ajratilgan.
- 2018-2020 yillar davlat dasturi doirasida qurilgan 6 868 ta arzon namunaviy turdagi 4 va 5 qavatli ko‘p xonodonli ijtimoiy uy-joylar uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 139,1 mln. AQSh doll. (1 270,0 mlrd.so‘m ekv.) miqdorida mablag‘lar ajratilgan.
Shuningdek, 2021 yil davlat dasturi doirasida qurilayotgan 2 560 ta 4 va 5 qavatli ko‘p xonodonli namunaviy ijtimoiy uy-joylarni qurilishini moliyalashtirish maqsadida Osiyo taraqqiyot bankidan 35,7 mln. AQSh doll. (393,3 mlrd. so‘m ekv.) miqdorida mablag‘lar jalb qilish rejalashtirilgan.
Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari Moliya vazirligi tomonidan hukumat kafolati ostida chet-el valyutasida jalb qilinib, tijorat banklariga milliy valyutada ajratiladi va ushbu resurslarning qaytarilishi milliy valyutada hisob-kitob qilinishi tijorat banklari va aholi uchun qulay (imtiyozli, uzoq muddatli) tashqi mablag‘lar manbasi hisoblanadi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 29.03.2024 04:48:51

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish