Kuch ishonchda

Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

“O‘zmilliybank”ning QR-kod orqali tezkor to‘lovi

03.06.2021 1319

Bugungi kunda QR-kodlar allaqachon oddiy narsaga aylangan, lekin ko‘pchilik aslida u haqida tushunchaga ega emas. Biz har kuni oq fonda sirli qora kvadratchali tasvirlarni, reklama afishasi yoki jurnal sahifalarida va hatto biznes kartalarida, tovarlar etiketkalarida, kommunal to‘lovlar kvitansiyalarida yoki saytlar sahifalarida ham duch kelamiz.  


QR-kod (“Quick Response Code” - tezkor aniqlanadigan kod) 1994 yilda Yaponiyaning “Denso" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ikki o‘lchovli shtrix kodidir (matris kodi). U  2953 baytlik ma’lumotni bitta kichkina kvadratga, ya’ni 7089 ta raqam yoki 4296 ta harf, 1817 iyeroglif joylashtirish imkonini beradi. Bu kodning asosiy afzalligi shundaki, u skanerlovchi uskuna (mobil telefon, fotoapparat) yordamida oson va tez o‘qish mumkin.  

QR-kod  qo‘llanishining asosiy tamoyili shundaki, u giperhavola tarzida ishlay oladi. Bu birdaniga ko‘p ma’lumot haqida xabar berish zarur bo‘lgan holatlarda yoki uni soddalashtirish kerak bo‘lganda juda qulay vosita sanaladi. 

QR-kod  elektron ma’lumotlar uzatish prinsipiga asoslanadi. Bu, ayniqsa, ko‘p miqdordagi axborotni uzatish yoki undan foydalanishni soddalashtirishda qo‘l keladi.   

QR-kod  surati mahsulot yoki xizmatni tanlash jarayonini yengillashtirishga yordam beradi, axir qadoq yoki reklama yorlig‘idagi mana shu kichik kvadratchada 4296 tagacha belgi sig‘diriladi. U aloqa jarayonini optimallashtirishga ham xizmat qiladi, masalan, aksariyat holatlarda tashrif qog‘ozidagi nishonchada birgina tugmani bosish bilan kontaktlaringiz ro‘yxatiga qo‘shiladigan telefon raqami shifrlangan bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, QR-kod  yordamida havoladan o‘tish, elektron xat, SMS yuborish, manzil joylashuvini bilish va boshqa ko‘plab amallarni bajarish mumkin.

QR-kod orqali to‘lovlarni keng ommalashtirish borasida “O‘zmilliybank” AJ raqamli bankingni rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq QR-kod orqali tezkor to‘lovni amalga oshirishning “QR-online” universal to‘lov tizimi bilan ishlash imkoniyati yaratilgan.

Mazkur tizim doirasida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari “O‘zmillibank” AJ filiallari orqali QR-kodni shakllantirib, ro‘yxatdan o‘tkazishlari talab etiladi. Xaridorlar tomonidan Milliy mobil ilovasi dasturi vositasida savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarining QR-kodlarini skaner qilish hamda xarid summasini kiritish orqali to‘lovlar amalga oshiriladi. Bunda pul mablag‘lari mobil ilovaga biriktirilgan bank kartalari hisobvaraqlari va elektron pul hamyonlardan hisobdan chiqariladi.

Bugungi kunda “O‘zmilliybank” AJ faoliyat yurituvchi 5 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlari QR-kod texnologiyasi asosida to‘lov tizimiga ulangan bo‘lib, ular sonini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar bajarib kelinmoqda. Bank mijozlariga va keng jamoatchilikka “Milliy” mobil ilovasidan foydalanib “QR-online” texnologiyasi orqali to‘lovlar o‘tkazish qulayliklari va imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilmoqda.

Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari “QR-online” tizimi orqali mijozlardan qabul qilingan va bank hisobvaraqlariga kirim qilinadigan mablag‘larni “Telegram” tarmog‘idagi  @onlineqrbot kanali, mijozning bank shaxsiy kabineti hamda sms-xabarnoma xizmati orqali onlayn rejimida nazorat qilib borishlari mumkin. Mazkur tizim mavjud muqobil to‘lov xizmatlaridan farqli o‘laroq, xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi bilan uzviy bog‘liqlikda ishlaydi.

To‘lov xizmatlari bozorida “QR-online” tizimining ishga tushirilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tekzorligini oshirishga, naqd pulsiz yoki bank kartalarisiz hisob-kitoblar ko‘lamini yanada kengaytirishga imkon beradi.

1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

Borliqni boricha aks ettirgan ijodkor

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

Oxirgi yangilanish sanasi: 25.04.2024 13:51:25

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli


Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish