Maxsus imkoniyatlar

Xatarlarni boshqarish metodikasi bo‘limi boshlig'i (O'zmilliybankning Bosh ofisi)

To'liq bandlik, to'liq kun;
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan ta'minlanish; 
Kasbiy o‘sish va malaka oshirish imkoniyati.

Vakansiya jo`natishdan oldin ushbu shablon bo`yicha rezyumeni to`ldirib jo`natishingiz kerak

Vazifalar

  • Xatarlarni boshqarish siyosatini ishlab chiqish;

  • Xatarlar bo'yicha ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish, yangilash va tuzish;

  • Bank operatsiyalarini takomillashtirish, texnik xizmat ko'rsatish va buxgalteriya hisobi bo'yicha ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • Xatarlarni minimallashtirish uchun bank jarayonlarini optimallashtirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish, bank faoliyatining me'yoriy asoslarini monitoring qilish va ichki me'yoriy-huquqiy bazaga o'zgartirishlar kiritish.

Talablar

  • Zarur ish tajribasi: 3-6 yil;

  • Oliy moliyaviy / iqtisodiy ta'lim;

  • O'zbekiston Respublikasining qonunchiligini, bank faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni bilish;

  • Bank operatsiyalari va protseduralarini bilish;

  • O'zbek va rus tillarida erkin muloqot (ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish);

  • Yangiklarni faol o'rganish, guruhda ishlash qobiliyatiga ega bo'lish.

Ish joyi

  • O'zmilliybankning Bosh ofisi

Vakansiyaga javob berish

Shaxsiy ma'lumot

Rezyume

Valyuta kurslari

Milliy
Mobil Ilova

Kreditlar to'g'risida ma'lumot
Kreditni qaytarish
Omonatlar to`grisida ma`lumot
Kreditning muddati haqida xabar berish va omonatlar bo'yicha hisoblangan foizlarni to'lash

Dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi guvohnomasi