“O‘zmilliybank” AJ eng yaxshi takliflarni tanlashini ma’lum qiladi
“O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ bank bino va inshootlarini barcha turdagi xatarlardan (xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar, masalan: suv toshqini, bo'ron, dovul, jala, do'l, kuchli qor yog'ishi, ko'chki, yer sathining cho'kishi, yer ko'chkisi, yer osti suvlari ta'siridan, sel, chaqmoq urishi, zilzila va boshqalar), yong'in, portlash, uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari, bosqinchilik yo‘li bilan o'g'irlik, talonchilik, bosqinchilik, yerdagi transport vositalari bilan to'qnashuv, uchar apparat halokati, oynaning sinishi, ob'ektning urilishi, santеxnika tizimlaridagi avariyalar, elektr jihozlarining ishdan chiqishi, terrorchilik harakatidan sug‘urta qilish bo’yicha eng yaxshi takliflarni tanlashini ma’lum qiladi.
Eng yaxshi takliflarni tanlash etender.uzex.uz – Maxsus axborot portalida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 101. Telefon: +99878 147-15-27, ichki: 17-70.
Murojaat uchun: Mansurov A.R.
Takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati etender.uzex.uz – Maxsus axborot portalida ko‘rsatilgan.