Visa oilaviy kartasi
Oilaviy kartalar: yoshlikdan moliyani boshqarishni osonlashtiradi

Qulaylik va xavfsizlik
Cho‘ntak pullarining zamonaviy naqd pulsiz ko‘rinishi
Nazorat ostidagi mablag‘lar
Milliy ilovasi orqali amaliyotlar tarixini kuzating va limit belgilang

Moliyaviy savodxonlik
Bolaga pul bilan ishlashni o‘rganishga yordam beradi
Karta dizaynini tanlash imkoniyati
Bolaning tanlovi bo‘yicha o‘ziga xos ismi tushirilgan noyob dizayn
Mavjud karta dizaynlari
Tariflar va shartlar
Kartani chiqarish (emissiyasi) | 50 000 so‘m |
Karta valyutasi | UZS |
Kamaytirilmaydigan qoldiq va boshlang‘ich badal | 0 so'm |
Asosiy yoki qo‘shimcha kartani qayta chiqarilishi (mijozning FISH o‘zgarganda, karta yo‘qotilganda/yaroqsiz holatga kelganda, paroli yo‘qotilganda, firibgarlik amalga oshirilganligiga shubha bo‘lganda), hamda u mijoz tomonidan bankka qaytarilmaganda, jumladan, maxsus karta hisob raqamini yopishga ariza berilganda | 40 000 so'm |
Milliy bank tomonidan chiqarilgan karta bo‘yicha boshqa bankning terminallari yoki bankomatlaridan naqd pul olish operatsiyalari bo‘yicha tranzaksiyalarga ishlov berish | Operatsiya summasidan 1% |
Milliy bank tomonidan chiqarilgan karta bo‘yicha boshqa bankning infratuzilmasida (terminal/infokiosk/internet va boshqalar) sodir etilgan tovarlar va xizmatlarga naqdsiz pul to‘lash operatsiyalari bo‘yicha tranzaksiyalarga ishlov berish | Komissiya undirilmaydi |
Karta muddati | 3 yil |
Barcha xizmatlarning narxi QQS bilan ko'rsatilgan
Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin?
Milliy ilovasini yuklab oling
Onlayn ariza qoldiring
Kartani eng yaqin bank ofisidan oling
Visa karta egalari uchun Garmin Pay kontaktsiz toʻlov xizmati
Endi Garmin Pay O‘zbekiston Milliy bankining Visa kartalari uchun erishimli. Bu demak, siz kontaktsiz to'lovlarni qabul qiladigan har qanday do'konlarda Garmin qurilmangiz orqali Milliy bank Visa kartalaringizdan kontaktsiz to'lovlar uchun foydalanishingiz mumkin

Ko'p beriladigan savollar
Visa oilaviy kartasi nima va uni qanday rasmiylashtirish mumkin?
Visa oilaviy kartasi asosiy karta bilan bitta umumiy hisob raqamiga ega bo‘lgan qo‘shimcha karta bo‘lib, uni bolalar uchun ochish juda qulay.
Karta ota-onalardan birining hisob raqamiga bog‘langanligi sababli, kattalar uchun O‘zmilliybankda so‘mda Visa (Classic, Gold) to‘lov kartasi ochilgan bo‘lishi kerak. Kartaning asosiy egasi Milliy mobil ilovasida oilaviy kartaga buyurtma berishi va uni asosiy karta ochilgan bank filialidan olishi mumkin.
Nechta karta ochish mumkin?
3 tagacha karta rasmiylashtirish mumkin