Visa Direct xizmati orqali o'tkazmalar yuboriladigan mamlakatlar ro'yxati yangilandi
07.07.2021
4706
Aziz mijozlar, sizlarga ajoyib yangilikni yetkazmoqchimiz!
Milliy mobil ilovasida Visa Direct xizmatidan foydalangan holda pul o'tkazmalari yuboriladigan mamlakatlarning yangilangan ro'yxati bilan tanishing. “O‘zmilliybank” AJ Visa kartalari egalari endi dunyoning 55 mamlakatidagi, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborishlari mumkin.
O‘tkazma yuborish mumkin bo'lgan mamlakatlarning to'liq ro'yxati: Ozarbayjon, Belorusiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Armaniston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Gruziya, Germaniya, Turkiya, Vengriya, Kipr, Xorvatiya, Malta, Ruminiya, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya , Sloveniya, Estoniya, Latviya, Litva, Gretsiya, Singapur, BAA, Gonkong, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Malayziya, Isroil, Yangi Zelandiya, Belgiya, Ispaniya, Portugaliya, Polsha , Shveytsariya, Tayvan, Vetnam, Hindiston, Yaponiya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Monako, Maldiv Respublikasi, Indoneziya va Janubiy Afrika.
- “O‘zmilliybank” AJ Visa kartalari o'rtasida o'tkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi;
- “O‘zmilliybank” AJ Visa kartalaridan boshqa banklarning Visa kartalariga o'tkazmalar - 1%, min - $1;
- Kartadan kunlik o'tkazma limiti - $1000 ekanligini sizga eslatib o'tamiz.
Pul o'tkazish uchun sizga oluvchining karta raqami, shuningdek uning ismi va familiyasi kerak bo‘ladi, xalos. Pul Visa kartasiga turli banklar o'rtasida o'tkazma bo'lgan taqdirda ham, darhol kеlib tushadi.
“O‘zmilliybank” AJ Visa kartalarini oching va Visa Direct xizmati orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga pul o'tkazmalarini amalga oshiring!