The power of trust

Background
Milliy Deposits
Explore more profitable deposits!
More details
Background
Student loan
Credit for full-time, evening, correspondence forms of education
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

TIF Milliy banki, XDTB hamkorligida 'Qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashda moliyaviy hamkorlik' mavzusida seminar o'tkazildi

09.09.2015 1934

O'zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Xitoy Davlat Taraqqiyot banki hamkorligida "Qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashda moliyaviy hamkorlik" mavzusida seminar o'tkazildi. Unda qishloq xo'jaligi sohasida xalqaro hamkorliklarni yo'lga qo'yish masalalari muhokama etildi.

Seminarda Milliy bankning rahbariyati, Xitoy Davlat Taraqqiyot banki hamda Milliy bankning Departamenti rahbarlari, mahalliy va xalqaro lizing kompaniyalari rahbar-xodimlari  hamda "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" vakillari ishtirok etishdi. Seminar ikki qismdan iborat bo'ldi. Uning birinchi qismida Xitoy Davlat bankining amaliyoti va konsepsiyasi, xalqaro moliya hamkorligi doirasida kredit liniyalarini taqdim etish, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida Milliy bankning roli singari mavzular ko'rib chiqildi. Uning ikkinchi qismida esa qishloq xo'jaligi soxasini rivojlantirishda XDTB tomonidan amalga oshirlgan ishlar, ularning samarasi hamda O'zbekistonda lizingni qishloq xo'jaligini moliyalashtirish instrumenti sifatidagi ahamiyati bo'yicha so'z yuritildi.

XDTB bankining O'zbekistondagi ishchi guruhi rahbari Fen Chje “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

Seminarni o'tkazishdan asosiy maqsadimiz O'zbekistonlik hamkorlarimizga o'z moliyaviy mahsulotlarimizni taqdimotlar orqali ko'rsatishdir. Shuni ham alohida qayd etishim joizki, biz O'zbekistonlik sheriklarimiz bilan bir necha yillardan buyon hamkorlik olib bormoqdamiz va bu o'z navbatida samarasini bermoqda.      

Shuningdek, seminar davomida XDTB bankining mas’ul xodimlari bevosita moliya muassasining asosiy kredit yo'nalishidan foydalanish sohalariga ham to'xtalib o'tishdi. Qayd etilganidek, bugungi kunda bank o'z kreditlarini qishloq xo'jaligining bir necha sektorlariga ajratib kelmoqda. Xususan, meva–sabzavot, go'sht maxsulotlari va boshqa qishloq xo'jaligi maxsulotlarini qayta ishlash uchun mini texnologiya va ixcham uskunalar xaridi, mahalliy hom–ashyoni chuqur qayta ishlash asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish  kabi bir qator sohalarga yo'naltirmoqda. Shu bilan birga seminarda Moliyaviy lizingning Xitoy Davlat banki faoliyatidagi o'rni hamda O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirishdagi roli ham muhokama etildi. Ma’lumot o'rnida takidlash joizki, Milliy bank ilk bor Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki bilan o'zaro aloqalarni 2006 yilning iyun oyida yo'lga qo'ygan bo'lib, tomonlar o'rtasida 5 ta kredit liniyalasi orqali hamkorlik olib borilmoqda. Xususan, 1-kredit liniyasi 2006-yili amalga oshirilgan bo'lib, uning miqdori 20 mln AQSH dollarini tashkil qilgan. 2007-yilda esa bevosita 2-kredit liniyasi tasdiqlangan bo'lib unga ajratilgan summa 60 mln AQSH dollaridan iborat bo'ldi. Samarali hamkorlik natijasida shuningdek, 2010-yilning iyun oyida 3-kredit liniyasiga 75 mln AQSH dollari, 4-kredit liniyasi bo'yicha  esa 2013-yil iyul oyida 100 mln AQSH dollari miqdorida Qarz bitimlari tuzilgan. 5-kredit liniyasining qiymati  150 mln. AQSH dollariga teng bitim, 2015-yilning yanvarida imzolandi.

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 03/29/2024 10:17:38 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz