The power of trust

Background
Solfy Installment Card
Shopping with interest-free installments
More details
Background
Solfy Partner Program
Increase sales with installment card support
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

TIF milliy banki tomonidan inqirozga uchragan korxonalar moliyaviy qo'llab-quvvatlanmoqda

13.10.2015 2910

 Hozirda tijorat banklari tomonidan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va ularning faoliyatini tiklash, ularda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ichki va tashqi bozorlarga mo'ljallangan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va faoliyati tiklangan korxonalarni strategik investorlarga sotish borasida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Amalda yangidan tashkil etilib, iqtisodiyotning turli sektorlarida ishlayotgan barcha korxonalar rivojlanish yo'lini tutib, iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltira boshladi. Bu borada Namangan shahrida joylashgan sobiq “Kosonsoy Tekmen” qo'shma aksiyadorlik kompaniyasi negizida yangi "KOSONSOY TO'QIMACHI" MCHJ ham o'z ish faoliyatini olib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizda 2700 dan ortiq yengil sanoat korxonalari ro'yxatga olingan bo'lib, ushbu korxonalarni texnik va texnologik yangilash, modernizatsiyalash loyihalari yangi quvvatlarning ishga tushirilishida muhim omil bo'lmoqda. E'tiborli tomoni shundaki, mazkur loyihalar ijrosida tijorat banklari, jumladan, O'zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham o'zining munosib hissasini qo'shmoqda. Bank negizida tashkil etilgan «NBU Investment» sho'ba kompaniyasi zimmasiga iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan yangi korxonalarning aktivlarini samarali boshqarish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, shuningdek, faoliyati tiklangan korxonalarni istiqbolli investorlarga sotish yuklatilgan. Xususan, bank balansiga berilgan “KOSONSOY TO'QIMACHI" MCHJ” da amalga oshirilgan moliyaviy sog'lomlashtirish ishlari natijasi o'laroq, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati 2009-yildan qayta tiklandi va hozirda bu yerda eksportbop jun mahsulotlari tayyorlanmoqda. Shuningdek, korxonada yarim junli odyal, trekotaj, movut, paxmoq va boshqa matolar ishlab chiqarilmoqda. Abdullo Qodirov "KOSONSOY TO'QIMACHI" MCHJ mutaxassisi UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi: «NBU Investment» kompaniyasi tomonidan korxonamizning faoliyatini rivojlantirish maqsadida hozirgi vaqtga qadar 1 mlrd 600 ming so'mlik investitsiya ajratilgan. Hozirgi kunda korxonamizda 150 ga yaqin ishchi xodimlar ishlab kelmoqda. Xodimlarning aksariyati kollej bitiruvchilari hisoblanadi. Korxonamiz mahalliy xomashyodan import o'rnini bosuvchi jun mahsulotlari bilan ichki bozorimizni ta'minlab kelmoqda. Ish boshlagan yili 750 mln so'mlik mahsulot ishlab chiqargan bo'lsak, hozirgi kunga kelib 3 mlrd. 200 mln so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarmoqdamiz. Korxonaning kelajakdagi faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb qilish borasida ham ishlar olib borilmoqda. Qayd etish kerakki, hozirgi kunda korxonada 5 ta, ya'ni ingichka va qalin ip chiqarish, to'qish, bo'yash hamda pardozlash sexlari ishlab turibdi. Ijodiy guruhimiz bilan bevosita dastlabki ingichki ip chiqarish sexini ko'zdan kechirar ekanmiz, ushbu bo'limda yuqori sifatli mato tayyorlash uchun turli rangdagi iplar mustahkam va yaroqli holda tayyorlanishiga guvoh bo'ldik. Ta'kidalash kerakki, mahsulotlar sifatini oshirish uchun Yevropaning yetakchi kompaniyalaridan uskunalar olib kelingan. Bu yerda masalan, Fransiyaning “Schulumberg”, Italiyaning “Save” shuningdek, Belgiyaning “Pikonol” kompaniyalari uskunalarini ko'rish mumkin. Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, 2011 yilda Rossiya korxonasi bilan o'zaro shartnoma tuzilib, 210 ming AQSH dollariga teng miqdorda trekotaj iplari eksport qilingan. Korxonaning asosiy maqsadlaridan biri tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni sotib, aylanma mablag'ga ega bo'lish va quvvatlarni doimiy oshirib borishdan iboratdir. Xulosa qilib aytganda, bu kabi past rentabelli korxonalarni sog'lomlashtirish va qo'llab-quvvatlash borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyotning tashqi ta'sirlarga nisbatan barqarorligini ta'minlash imkonini bermoqda. Shu bilan birga eksport hajmini oshirish va eng asosiysi yangi ish o'rinlarini tashkil etishga sharoit yaratmoqda.

 

UzReport.uz

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 03/28/2024 09:45:31 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz