The power of trust

Background
Student loan
Credit for full-time, evening, correspondence forms of education
More details
Background
Auto Payment
Enjoy your free time!
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

O'zmilliybank tomonidan saqlash muddati 1 oydan 5 yilgacha bo'lgan milliy valyutada jami 6 ta yangi muddatli omonat joriy etildi

08.12.2015 4229

Aholi bo'sh pul mablag'larini bank depozitlariga jalb qilishni ko'paytirish maqsadida O'zmilliybank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilning yanvar oyidan boshlab,  saqlash muddati 1 oydan 5 yilgacha bo'lgan muddatda  milliy valyutada jami 6 ta yangi muddatli omonatlar joriy etildi. Jumladan, sentyabr oyida ishga tushgan  “Istiqlol” , “Daromadli” ,“E'zoz”, «Hisobli», shuningdek, «Nafosat» hamda “Matonat”  depozitlar joriy etildi. 

O'zmilliybank Toshkent shahar Bosh boshqarmasiga qarashli 16 ta bo'lim va filiallarda jismoniy shaxslarga chakana xizmat turlari bo'yicha sifatli xizmatlar  ko'rsatib kelinmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, aholi omonatlariga milliy va xorijiy valyutada pul mablag'larini jalb qilish va ularga foizlari bilan qaytarish bundan tashqari, Markaziy bankning “Munis” kliring tizimi orqali to'lovlar o'tkazilib, milliy valyutada so'm plastik kartochkalari hamda xalqaro plastik kartalar bo'yicha xizmatlar ko'rsatilmoqda.

Shuningdek, ish haqi loyihalari asosida mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarga ko'ra, ishchi hodimlarini oylik ish haqlarini naqd pulsiz ravishda depozit hisob varaqlariga o'tkazish, milliy valyutada ochilgan plastik kartochka hamda omonat hisobvaraqlariga ega bo'lgan mijozlarga tovarlar va xizmatlar haqini internet yordamida «SMS-TO'LOV», «CLICK» hamda «ONLINE BANK» tizimlari orqali to'lash bo'yicha ham xizmatlar taklif etilmoqda.  2015-yilning 1-noyabr holatiga milliy valyutada 22 ta, xorijiy valyutada esa  8 turdagi omonatlar amal qilmoqda. Xususan, yoshi ulug' mijozlar uchun “Pensionny”, 16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun esa “Nihol” hamda “Boychechak” deb nomlangan muddatli omonatlar ham mavjud.

- Aholining bo'sh pul mablag'larini omonatlarga jalb qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida, jismoniy shaxslar depozitlarining so'm ekvivalentidagi qoldig'i joriy yil boshiga nisbatan 9,7 mlrd.so'mga ko'payib, 2015-yil 1-noyabr holatiga ularning qoldig'i                     356,3 mlrd.so'mni  tashkil etdi, - deydi O'zmilliybank Toshkent shahar bosh boshqarmasi pul muomalasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Zulfiya Raimjonova.

Aholiga ko'rsatilayotgan chakana bank xizmatlari sifati va ko'lamini oshirishda axborot texnologiyalarini yangi usullaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga plastik kartalar bo'yicha xizmat ko'rsatishda  uzluksiz “on-layn” rejimida ishlaydigan “Smart Vista” plastik kartochkalari dasturiy tizimi yo'lga qo'yilgan.

Milliy bank mijozlari uchun plastik kartochkalarni nafaqat qulay to'lov vositasi sifatida, balki uni qo'shimcha xizmat va servislardan foydalanish imkonini beruvchi vositaga aylantirishga intilmoqda. Xususan, plastik kartochkalar orqali bajarilgan amaliyotlar va hisobraqami qoldig'i to'g'risidagi ma'lumotlarni mijozlar mobil telefonlariga sms-xabarlar, elektron pochtasiga e-mail xabarlar ko'rinishida olish imkoniyatiga egadir.

Bank tomonidan 3 mingga yaqin to'lov terminallari o'rnatilgan bo'lib, 2015-yil mobaynida terminallar orqali bajarilgan amaliyotlar umumiy miqdori 741,0  mlrd.so'mdan oshdi. Shuningdek, bank tomonidan plastik kartochka egalariga qulaylik yaratish maqsadida  “ish haqi loyihalari” doirasidagi korxona va tashkilotlarda hamda aholi gavjum joylarda 47 dona bankomat hamda 35 ta infokiosk tashkil etilgan.

 

 

UzReport

2
1



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 03/28/2024 09:45:31 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz