The power of trust

Background
Milliy Deposits
Explore more profitable deposits!
More details
Background
Student loan
Credit for full-time, evening, correspondence forms of education
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

O ‘zbekistonning xalqaro reytingi yuksalmoqda

18.02.2014 3381

O‘zA, 18.02.2014

      Toshkentda biznes yuritish bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro reytingini oshirish (“Doing Business”) masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
      Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturining “Savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish” hamda “O‘zbekiston biznes forumi” loyihalari hamkorligida tashkil etildi.
      Davra suhbatida turli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, xalqaro tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.
      “Doing Business” biznesni yuritish shartlari bo‘yicha mamlakatimizning xalqaro reytingini yanada oshirishga oid takliflar ishlab chiqish va muhokama qilish tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi. Ushbu reyting Jahon banki tarkibidagi Xalqaro moliya korporatsiyasining tadqiqotlar metodikasiga muvofiq tuziladi.
      O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini izchillik bilan takomillashtirish Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyotimizga milliy va chet el investitsiyalarini keng jalb etish uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
      2013-yilda mamlakatimizda 80 dan ortiq ruxsat berish tartib-taomili va litsenziyalanadigan faoliyatning 15 turi bekor qilindi, 65 turdagi statistik hisobot qisqartirildi va 23 turdagi hisobotni taqdim etish muddati o‘zgartirildi. Shuningdek, 22 turdagi interaktiv soliq xizmatlari amaliyotga joriy etildi, zarur ruxsatnomalarni berish muddati ikki barobar va mazkur jarayon to‘lovi besh barobar kamaytirildi.
      Mazkur chora-tadbirlar samarasida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznesni yuritish – 2014” (“Doing Business”) reytingidagi mamlakatimizning o‘rni sezilarli darajada oshdi. Mamlakatimizning reytingdagi mavqei biznes va xususiy mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, qurilishga ruxsat olish, kreditlash va xalqaro savdo mezonlari bo‘yicha mustahkamlandi.
Davra suhbati ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini yuritish shartlarini yanada soddalashtirish masalalarini muhokama qilib, O‘zbekistonning xalqaro reytingiga bag‘ishlangan taqdimotlar va boshqa davlatlarning mazkur sohadagi tajribalari bilan tanishdi.
      – Qonunchiligi bozor ishtirokchilarining o‘zaro munosabatiga ko‘maklashadigan va muhim jamoat manfaatlarini himoya qiladigan davlatlar biznesni yuritish bo‘yicha yuqori reytingga sazovor bo‘ladi, – deydi Xalqaro moliya korporatsiyasining Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda moliyaviy infratuzilmalarni mustahkamlash bo‘yicha konsultativ dasturi loyihasi muvofiqlashtiruvchisi A.Nasibov. – Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarining hayotga tatbiq etilishi samarasida O‘zbekistonning “Doing Business” reytingidagi mavqei yuksalib bormoqda.
      Davra suhbati yakunida mamlakatimizning biznesni yuritish bo‘yicha reytingini yanada oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

1
1



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 03/28/2024 02:55:03 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz