The power of trust

Background
Solfy Partner Program
Increase sales with installment card support
More details
Background
Student loan
Credit for full-time, evening, correspondence forms of education
More details
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

O‘zbekiston-Xitoy ishbilarmonlari biznes-forumi

23.05.2012 2184

      Toshkentda 24 may kuni O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda ikki mamlakatning savdo-sanoat, sarmoya, iqtisodiyot, logistika, eksport-import, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon metallurgiyasi hamda xizmat ko‘rsatish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.
     O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan mazkur anjumanda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari barcha sohalar qatori iqtisodiy yo‘nalishda ham jadal rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.
     Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida O‘zbekistonning jahon bozoridagi o‘rni yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. O‘zbekistonning barqaror iqtisodiyoti, chet el sarmoyasini jalb etish va undan foydalanish bo‘yicha puxta shakllangan mexanizm bugun eng rivojlangan mamlakatlarni ham mamlakatimiz bilan faol hamkorlik qilishga chorlamoqda. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy sohada eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi amal qilayotir. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2011-yilda 2 milliard 596 million AQSh dollarini tashkil qildi. O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 382 qo‘shma korxona, 65 Xitoy firma va kompaniyasining vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular asosan yengil sanoat, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda ish olib boradi.
     Forumda xitoylik mehmonlar yurtimizda iqtisodiyotni rivojlantirish borasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlarga oid o‘zgarishlar bilan tanishdilar. Tadbirda «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasida va Jizzax viloyatida yuqori texnologiyalar sanoat parkini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga doir masalalar muhokama qilindi.
     – O‘zbekiston barqaror iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetakchi mamlakatlardandir, – dedi Xitoy  xalqaro savdoga ko‘maklashish qo‘mitasi vitse-prezidenti Yuy Pin. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning aprel oyida Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Mazkur tashrif mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitib, ikki tomonlama imkoniyatlarni yanada kengroq ishga solishda muhim omil bo‘lmoqda. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari jadal taraqqiy etayotgani va o‘zaro savdo aylanmasi hajmi muttasil oshib borayotgani bizni g‘oyat quvontiradi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada taraqqiy ettirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish va hamkorlikda ko‘plab qo‘shma korxonalar tashkil etish tarafdorimiz.
     Anjumanda ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiyot, sarmoya, savdo, logistika, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
     Biznes-forum yakunida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bilan Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish qo‘mitasining Sichuan qo‘mitasi o‘rtasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bilan Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish qo‘mitasining Sinszyan-Uyg‘ur qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Shu kuni O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi.

O‘zA 24.05.2012

 

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 05/28/2023 12:29:46 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2023 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Opening hours of electronic applications
from 09:00 till 18:00 from Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz