The power of trust

Background
Visa Direct
Easy and quick transfers!
More details
Background
Auto Payment
Enjoy your free time!
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida

16.04.2012 2566

Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyatida “Angren” maxsus industrial zonasini (keyingi o‘rinlarda – “Angren” MIZ deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida barpo etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin va yerlarning tegishli ravishda ajratilishini ta’minlasin.

Belgilab qo‘yilsinki, “Angren” maxsus industrial zonasi tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Toshkent viloyati hokimligining bevosita tasarrufida bo‘ladi.

2. Quyidagilar “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:

ichki va jahon bozorlarida raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun investitsiyalar, eng avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish borasida qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, mineral-xomashyo resurslarini yanada chuqurroq qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;

maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari o‘rtasida mustahkam kooperatsion aloqalar o‘rnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuksak texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda samarali foydalanish, “Angren” logistika markazi salohiyatini, yuklarni avtomobil va konteynerlarda tashish borasida yaratilgan tizimni yanada rivojlantirish hamda ulardan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlash.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

“Angren” maxsus industrial zonasining faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;

“Angren” MIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi;

“Angren” MIZ qatnashchisi maqomi “Angren” maxsus industrial zonasi Ma’muriy kengashining qarori bilan beriladi.

4. “Angren” maxsus industrial zonasining Ma’muriy kengashi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.

“Angren” maxsus industrial zonasi Ma’muriy kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:

korxonalarga “Angren” MIZ qatnashchisi maqomini berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

“Angren” MIZda loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar va idoralarning, xo‘jalik birlashmalarining loyiha, tender va kontrakt hujjatlarini o‘z vaqtida tayyorlash hamda ularning ekspertizasini o‘tkazish borasidagi ishlarini, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Angren” MIZ faoliyati bilan bog‘liq masalalardagi ishlarini muvofiqlashtirish;

ishlamayotgan korxonalarni va davlat egaligidagi mol-mulkni “Angren” MIZ qatnashchilariga nolga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

“Angren” MIZning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish, “Angren” MIZ Direksiyasini shakllantirish va uning faoliyati ustidan nazorat olib borish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

5. “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilari:

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan, kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan;

respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida “Angren” MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.

Belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab 3 yildan 7 yilgacha muddatga beriladi, shu jumladan ekvivalenti:

300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha bo‘lganda – 3 yil muddatga;

3 million AQSH dollaridan ortib 10 million AQSH dollarigacha bo‘lganda – 5 yil muddatga;

10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda – 7 yil muddatga beriladi.

6. Toshkent viloyati hokimligi “Angren” maxsus industrial zonaning Ma’muriy kengashi qarorlari bo‘yicha belgilangan tartibda “Angren” MIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun quyidagilarni ta’minlasin:

birinchi navbatda sobiq sanoat zonalarining foydalanilmayotgan hududlarida korxonalar qurish uchun yer maydonlarini o‘z vaqtida ajratish;

muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalarni “bir darcha” tamoyili asosida berish.

7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq “Angren” MIZda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun “O‘zbekenergo” DAK, “O‘ztransgaz” AK, Toshkent viloyati hokimligi bo‘linmalari va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish maydonchalariga tutashtirgan holda kafolatli ulanishini ta’minlaydilar.

8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi “O‘zbekenergo” DAK, “O‘ztransgaz” AK, “O‘zavtoyo‘l” AK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Angren” MIZ Direksiyasini tashkil etsin va “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilsin, unda “Angren” maxsus industrial zonasi to‘g‘risidagi Nizom hamda “Angren” maxsus industrial zonasi Ma’muriy kengashi haqidagi Nizomni tasdiqlash nazarda tutilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov

Toshkent shahri, 2012 yil 13 aprel

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 03/29/2024 04:04:46 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz