The power of trust

Background
Visa Direct
Easy and quick transfers!
More details
Background
Solfy Installment Card
Shopping with interest-free installments
More details
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

'NBU INVEST GROUP' bankrot-korxonalar bazasida tashkil topgan sho'ba korxonalar boshqaruvini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda

27.09.2015 2174

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz moliya bozoridagi yetkachi investitsion banklardan hisoblanadi. Ayni paytda mazkur bank o'zining investitsion kompaniyalaridan biri «NBU INVEST GROUP» orqali qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish, qurilish materiallari, to'qimachilik va boshqa tarmoqlar kabi strategik sohalardagi bankrot-korxonalar bazasida tashkil topgan sho'ba korxonalar boshqaruvini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bunday korxonalardan biri Rishton shahrida joylashgan  «Rishton To'qimachi» MCHJ dir.

«Rishton To'qimachi» MCHJ Milliy bank tomonidan 2011 yilda bankrot-korxonalar bazasida tashkil etilgan. Farg'ona viloyatida joylashgan mazkur korxona paxta tolalarini qayta ishlash va yigirilgan ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bank tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash natijasida korxonada ishlab chiqarish sifatini yaxshilashga yo'naltirilgan bir qator chora tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, korxonada Trutschler nemis kompaniyasining sutkasiga 8 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi zamonaviy ip yigiruv texnologiyasi o'rnatilgan.  

Qayd etish joizki, ishlab chiqarish jarayonida chiqarilayotgan mahsulotning texnik nazoratiga alohida e'tibor qaratiladi. Korxona hodimlari laboratoriyada ishlab chiqarishga kelib tushadigan ip sifati, hamda mato mahsulotining parametrlarini tekshiruvdan o'tkazadilar. Korxonada yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi sababli 2015 yilning 1 sentyabr holatiga ko'ra korxona tomonidan 635 ming AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Tayyor mahsulotlar Rossiya Federatsiyasi va XXR ning turli hududlariga eksport qilinadi. Ta'kidlash joizki, bunday ko'rsatkichlarga erishishda Milliy bank va bankrot-korxonalarda moliyaviy sog'lomlashtirish va ishlab chiqarishni tiklash bo'yicha bankning investitsion kompaniyalari tomonidan olib borilgan salmoqli  ishlar ko'magi alohida ahamiyatga ega.  

Milliy bank tomonidan « NBU Invest Group » MCHJ boshqaruviga 20 ta korxona berilgan bo'lib ulardan 13 tasi yangi mulkdorlarga sotildi.

Bugungi kunda esa Kompaniya boshqaruvida yengil sanoat, qurilish, terini qayta ishlash sanoati, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash kabi taarmoqlarrdagi 5 ta korxona mavjud. Shu jumladan "Rishton To'qiamachi " MCHJ.

"Rishton To'qiamachi" MCHJ ga 2009-2015 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini tiklash maqsadida modernizatsiya qilish va zarur aylanma mablag'lar bilan taminlash maqsadida 14 mlrd 800 mln. so'mdan ortiq investitsiya kiritidi.

Qo'shimcha qilish lozimki, bankrot-korxonalar mulk bazasida yaratilgan sho'ba korxonalar aktivlarini boshqarish doirasida  «NBU Invest Group» biznes- rejalashtirish, marketing, korxonalar faoliyatini monitoring qilish, ishlab chiqarish tarmoqlari va yetkazib beruvchilar, kadrlar  bilan aloqalarni boshqarish, shuningdek, xarajatlar va unumdorlik tahlillarini amalga oshiradi. 

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 06/01/2023 01:10:33 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2023 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Opening hours of electronic applications
from 09:00 till 18:00 from Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz