The power of trust

Background
Student loan
Credit for full-time, evening, correspondence forms of education
More details
Background
Solfy Installment Card
Shopping with interest-free installments
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

Milliy bank tomonidan 2014 yilda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar

12.12.2014 2064

Bugungi kunda Respublikamizda bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar o'z samarasini bermoqda, jumladan, tijorat banklari kredit qo'yilmalarining qariyb 80 foizini ichki manbalar hisobidan amalga oshirilayotganligi hamda nufuzli xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan O'zbekiston banklariga “barqaror” reyting darajasini berilganligini ta'kidlash mumkin. 

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank tomonidan hisobot davrida aholi qo'lidagi bo'sh pul mablag'larni muddatli va jamg'arma depozitlariga jalb qilish orqali bankning resurs bazasini yanada mustaxkamlash, mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini kengaytirish bo'yicha zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

“Jumladan, jismoniy shaxslar uchun milliy va xorijiy valyutada jami 14 ta yangi muddatli omonat joriy etildi. Shundan, “Sog'lom bola yili” Davlat dasturiga ko'ra, 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun “Kelajak avlod” deb nomlangan depozit turi, aholiga kommunal to'lovlarni to'lashi uchun mo'ljallangan «Zangori olov»  «Yorqin» va «Chashma» deb nomlangan omonatlar joriy etildi. Hozirda bankimizda jami 36 turdagi omonatlar amal qilmoqda. Aholiga doimiy ravishda ularning bank depozitlarida saqlanayotgan omonatlari davlat tomonidan 100% kafolatlanganligi va daxlsizligi ta'minlanganligi to'g'risida ommaviy axborot vositalari orqali ma'lumot berib kelinadi”, – deya ta'kidladi Milliy bank pul muomalasi departamentining omonat operatsiyalari boshqarmasi boshlig'i Otabek Mirzayev.

Ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida, 2014 yilning 1 dekabr holatiga aholi omonat hisobvaraqlaridagi pul mablag'lar qoldig'i joriy yil boshiga nisbatan jami 21%ga ko'paygan bo'lib, shundan muddatli depozitlar miqdori 27 foizga ortishga erishildi. Hisobot davrida chakana mijozlar soni ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan 300 mingtaga ko'paygan. 

Bundan tashqari, Milliy bankda xalqaro tezkor pul o'tkazmalari orqali aholiga sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida, respublikamizni barcha viloyatlarida joylashgan 95 ta pul o'tkazish shoxobchalari faoliyat ko'rsatadi. 2014 yilning yanvar-noyabr oylari davomida bankda xalqaro pul o'tkazmalari bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalar miqdori o'tgan yilning shu davriga nisbatan 155 foizga ko'paygan. Bugungi kunda Milliy bank tizimida “Western Union”, “Money Gramm”, “Zolotaya korona” hamda “Aziya eksperess” xalqaro pul o'tkazish tizimlari orqali aholiga xizmat ko'rsatib kelinadi.

Shuningdek, aholiga kommunal to'lovlarni to'lashida qulayliklar yaratish maqsadida, joylardagi bo'lim va filiallarga qarashli 110 ta maxsus kommunal kassalarda mijozlardan kommunal to'lovlar uchun pul mablag'lari qabul qilinadi. Jumladan aholi tomonidan foydalanilgan gaz va elektr energiyasi uchun to'langan pul mablag'larni tezkor ravishda tegishli korxona va tashkilotlar hisob raqamlariga o'tkazib berilishini ta'minlash maqsadida, to'lovlarni “On-layn” rejimida qabul qilishni ta'minlovchi tizim yo'lga qo'yilgan.

Aytish joizki, joriy yil davomida ushbu tizim orqali aholidan jami 802 mln. so'm pul mablag'lari qabul qilingan bo'lib, shundan gaz to'lovlari uchun kelib tushgan mablag'lar 214 mln. so'mni va elektr energiyasi uchun 588 mln. so'mni tashkil etadi.

 

 

UzReport

 

 

 

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 10/03/2023 10:10:34 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2023 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz