The power of trust

Background
Milliy Deposits
Explore more profitable deposits!
More details
Background
Auto Payment
Enjoy your free time!
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

Fuqarolik jamiyatining mustahkam asosi

29.12.2011 4816

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasida davlatimiz tomonidan mamlakatimiz nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Parlament eshituvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining bu yo‘nalishdagi ishlarga doir axboroti tinglandi. Unda deputatlar, tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi A.Jo‘raboyev, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori B.Alimov, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori A.Abdullayev va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va rolini mustahkamlash, ularni yanada erkinlashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar tizimli va izchil amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Istiqlol yillarida soha rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.

Matbuotni odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirish maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasida oxirgi o‘n yilda O‘zbekistonda nodavlat ommaviy axborot vositalari soni ikki barobar o‘sdi. Bugun yurtimizda 1 ming 243 ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, 43 foiz bosma nashr, 53 foiz telekanal va 85 foiz radiokanallar, 160 dan ortiq veb-sayt nodavlat sektorga tegishlidir.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, xususan, nodavlat OAV faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida muhim vazifalar belgilangan. Ularning amalga oshirilishi esa fuqarolarning axborot sohasidagi huquqini yanada kengaytirish uchun imkon yaratish, ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini ta’minlash, hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish borasidagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.

2011 yilda mazkur soha moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida 19 tahririyatning loyihalari moliyalashtirildi, 100 ga yaqin nashrga grantlar ajratildi. Hududiy nashrlarning 350 nafardan ziyod yosh jurnalistlari poytaxtimizdagi yetakchi tahririyatlarda malaka oshirdi.

Yig‘ilishda mazkur yo‘nalishda yechimini kutib turgan qator dolzarb masalalar ham borligi qayd etildi. Tahririyatlar faoliyatiga bozor mexanizmlarini va internet imkoniyatlarini yanada kengroq joriy etish, hududiy nashrlarning moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash, yosh jurnalist kadrlarning malaka oshirishini yanada kengaytirish shular jumlasidandir. Shuningdek, matbuot xizmatlari roli va o‘rnini kuchaytirish, veb-saytlar faoliyatini zamon talablariga mos va milliy qadriyatlarimizga muvofiq tashkil etishda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

O‘zA, 27.12.2011

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 03/29/2024 02:44:34 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz