2015 yilning birinchi yarmida respublikamizda o'zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 18 trillion so'mni tashkil qildi
30.07.2015
1814
Hisobotda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning birinchi yarmida o'zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 18 trillion so'mni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 9,8 foiz oshdi.
2015 yilning 1-yarim yilligida o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi
Ko'rsatkich
|
Miqdori (trln.so'm)
|
O'sish (%)
|
Investitsiyalar
|
18
|
9,8
|
O'zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmining 1,5 milliard dollari yoki 21,3 foizini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qilib, o'sish 11 foiz, jumladan, 1,2 milliard dollarini to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardan iborat bo'lib, o'sish 10,9 foizni tashkil etmoqda.
2015 yilning 1-yarim yilligida o'zlashtirilgan investitsiyalar
Ko'rsatkich
|
Miqdori (mlrd.so'm)
|
O'sish (%)
|
Xorijiy investitsiya va kreditlar,
jumladan:
|
1,5
|
11
|
To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar
|
1,2
|
10,9
|
O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi tomonidan iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun o'zlashtirilgan mablag'lari hajmi 5,6 foiz o'sdi va 225 million dollarni tashkil etdi.
O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi tomonidan o'zlashtirilgan mablag'lar
Ko'rsatkich
|
Miqdori (mln.so'm)
|
O'sish (%)
|
O'zlashtirilgan mablag'lar
|
225
|
5,6
|
Joriy yilning birinchi yarmida o'zlashtirilgan eng ko'p investitsiyalar hajmini xo'jalik sub'ektlarining o'z mablag'lari tashkil qildi (umumiy hajmning 32,3 foizi) va bu ko'rsatkich 2014 yilning shu davriga nisbatan 31,8 foiz o'sdi. Bu esa, o'z navbatida, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha tarmoq dasturlari, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha hududiy dasturlar faol amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.
yuklab olish