"Oltin aksiya" - O'zmilliybank va Mastercard bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda
01.11.2021
8854
“Oltin aksiya” – mazkur aksiya, O‘zmilliybank va Mastercard xalqaro to‘lov tizimi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Aksiya 2021 yilning 1 noyabridan boshlab 2022 yilning 31 yanvariga qadar O‘zmilliybankning MasterCard xalqaro to‘lov kartalari egalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda barcha turdagi MasterCard kartalarining mahsulot to‘plamlari jalb qilingan - Virtual, Standard, Gold, Platinum, World Elite. MasterCard kartasini Milliy mobil ilovasida va O‘zmilliybankning istalgan filialida ochish mumkin.
Aksiya davomida qimmatbaho sovrinlar oraliq o‘yinlari o‘tkaziladi va Aksiya yakunida esa Bosh sovrin o‘ynaladi.
Aksiyaning oraliq o‘yinlarida qatnashish uchun ishtirokchilar bitta MasterCard kartasidan 15 AQSh dollari va undan yuqori miqdorda tranzaksiyani amalga oshirishlari zarur. Bular savdo-servis korxonalarining terminallarida yoki Internet tarmog‘ida tovar/xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘lishi mumkin.
Bosh sovrin o‘yinida ishtirok etish uchun Aksiya boshidan boshlab bitta MasterCard kartasidan 100 AQSh dollari va undan yuqori miqdorda tranzaksiyani amalga oshirish zarur. Bular savdo-servis korxonalarining terminallarida yoki Internet tarmog‘ida tovar/xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘lishi mumkin.
Konversiya va bankomat va terminallar orqali naqd pullarni yechib olish bo‘yicha tranzaksiyalar Aksiyada hisobga olinmaydi.
Barcha Aksiya o‘yinlarining g‘oliblari Random.org servisi yordamida onlayn-translyatsiya formatida Aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifan tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Oraliq aksiyalarda quyidagi qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladi:
-
1 o‘rin - 15 000 000 so‘m miqdordagi tillo taqinchoqlarni (FONON) xarid qilishga sovg‘a sertifikati;
-
2 o‘rin - 10 000 000 so‘m miqdordagi tillo taqinchoqlarni (FONON) xarid qilishga sovg‘a sertifikati;
-
3 o‘rin - 5 000 000 so‘m miqdordagi tillo taqinchoqlarni (FONON) xarid qilishga sovg‘a sertifikati;
Aksiyani o‘tkazish davri yakunlanishi bilan Bosh sovrin o‘ynaladi - Oltin quyma (50 gr.).
O‘tkaziladigan Aksiya to‘g‘risida, o‘yinlarni (qimmatbaho sovrinlar, Bosh sovrin) o‘tkazish sanasi to‘g‘risida Bank tomonidan xabardor qilish Bankning rasmiy www.nbu.uz saytida va Bankning boshqa rasmiy axborot kanallarida (Telegram, Facebook, Instagram) tegishli axborotni joylashtirish orqali amalga oshiriladi.