Muvofiqlik sertifikatlari

PCI DSS sertifikati

To‘lov kartalari sanoati ma’lumotlar xavfsizligi standarti (PCI DSS) — bu to‘lov kartalari sanoati uchun mo‘ljallangan xalqaro ma’lumotlar xavfsizligi standarti bo‘lib, u bank kartasi egalariga oid maxfiy ma’lumotlarning himoyalanishini tartibga soladi.

PCI DSS bankning bank kartalari ma’lumotlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratishini va ularga ishlov berish bo‘yicha xalqaro xavfsizlik talablariga rioya qilishini tasdiqlaydi.

PCI DSS sertifikati bankning bank kartalari maʼlumotlari xalqaro xavfsizlik talablariga muvofiq himoyalanganligini muntazam ravishda tekshirishi va tasdiqlashini anglatadi.

Mijoz uchun bu bir qator yaqqol afzalliklarni taqdim etadi:

  • Xavfsiz karta ma`lumotlari. Bank karta raqamlari, toʻlov tafsilotlari va tranzaksiyalar amalga oshiriladigan tizimlarni himoya qilishi shart

  • Maʼlumotlar sizib chiqishi xavfi pastroq bo‘ladi. PCI DSS kirishni nazorat qilish, shifrlash, monitoring va hujumlardan himoyalash choralarini, shuningdek, tizimlar xavfsizligini muntazam baholash joriy etilishini talab qiladi

  • Xavfsizroq to‘lovlar. Talablar karta operatsiyalarini qayta ishlashga jalb etilgan infratuzilmaga nisbatan qo‘llaniladi

  • Xavfsizlik muntazam ravishda tekshirib boriladi. Sertifikat — bu shunchaki bankning "barchasi xavfsiz" degan bayonoti emas; talablarga muvofiqlik rasmiy tekshiruv jarayonidan o‘tkaziladi

  • Xalqaro standartlarga muvofiqlik. PCI DSS — to‘lov ma’lumotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standart bo‘lib, unga rioya qilish mijozlar va hamkorlarga bank karta ma’lumotlarini himoya qilishda e’tirof etilgan usullarni qo‘llashini namoyish etadi

  • Bankka nisbatan yuqoriroq ishonch. Mijoz to‘lov ma’lumotlarini himoya qilish rasmiylashtirilgan va muntazam nazorat qilib boriladigan jarayon ekanligini anglaydi

Biroq, noto‘g‘ri tasavvur hosil qilmaslik muhim: PCI DSS firibgarlik yoki ma’lumotlar sizib chiqishi ehtimolini 100 foiz istisno etishni anglatmaydi. Sertifikat bankning mutlaqo himoyalanganligini emas, balki belgilangan xavfsizlik talablariga rioya qilinishini tasdiqlaydi.


PCI DSS sertifikati


✕

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU