Click to listen highlighted text!

Aziya-Ekspress

Nashr sanasi 25-01-2016 / So'nggi o'zgartirilgan 25-04-2017
     

Untitled-1(4)

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Rossiya Federatsiyasidagi shu’ba banki – «Aziya-Invest Bank» aksiyadorlik-tijorat banki (yopiq aksiyadorlik jamiyati) «Aziya-Ekspress» deb nomlangan o‘z pul jo‘natmalari tizimini ishlab chiqqan. Bu tizim orqali jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari jo‘natilishi ko‘zda tutiladi. Bosh yo‘nalish – Rossiya Federatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi jo‘natmalar.

Hisob-kitob markazi Pul o’tkazmasi tizimi Pul o’tkazmasini jo’natish uchun tarif*
1 Aziya-Invest Bank (ЗАО) «Aziya-Ekspress» Jo‘natma summasidan 1,4%
Vakil Bank (kredit tashkiloti) amaldagi pul o’tkazmasi tizimi Pul o’tkazmasini jo’natish uchun tarif*
1 АКБ МОСОБЛБАНК ОАО Система «МОПС» Jo‘natma summasidan 1,4%

Tariflar:
«Aziya-Ekspress» tizimi orqali pul jo‘natilgani uchun vositachilik haqi jo‘natma yuboruvchi mamlakatdan (O‘zbekistondan yoki Rossiyadan) qat’i nazar, jo‘natma summasining 2%ni tashkil etadi. Vositachilik haqini faqat JO‘NATUVCHI to‘laydi.

Jo‘natmalar geografiyasi:
“Aziya-Ekspress” tizimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining hududiga yuborilgan pul jo‘natmalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining filiallar tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.

Jo‘natma tezligi:
2 daqiqadan 10 daqiqagacha.

Jo‘natiladigan summalarga doir cheklovlar:
O‘zbekiston Respublikasidan: O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bir kunda 5.000 AQSh dollaridan oshmaydigan summani chet elga jo‘natish huquqiga ega. Bir yilda 10.000 AQSh dollaridan ortiq summa jo‘natilganda bu jo‘natmalar haqidagi ma’lumotlar rezident yashaydigan joydagi soliq organlariga beriladi. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari chet elga har qanday summalarni jo‘natish huquqiga ega. Buning uchun ular chet eldan naqd xorijiy valuta olib kirilganini tasdiqlaydigan, bojxona organi rasmiylashtirgan hujjatni hamda ilgari hisobvaraqdan valuta mablag‘lari berilganini tasdiqlab, vakolatli bank tomonidan taqdim etilgan tegishli ma’lumotnomani topshirishlari shart.

Rossiya Federatsiyasidan: RF rezidentlari bir kunda 5.000 AQSh dollaridan oshmaydigan summani chet elga jo‘natish huquqiga ega.

Jo‘natmalarni to‘lash:
Pul jo‘natmalari faqat AQSh dollarida amalga oshiriladi. Pullar «Aziya-Ekspress» tizimining mijozlarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida, jumladan “CONTACT”, “LIDER”, “Unistream” tizimlarining vakil banklari tarmoqlaridan foydalangan holda naqd AQSh dollarida to‘lanadi. Agar OLUVChI xohlasa, xorijiy valuta oluvchi bankning kursi bo‘yicha RF rubliga, yevroga (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki filiallarida – agar mavjud bo‘lsa) konvertatsiyalanishi mumkin.

Mijozlar bilan hamjihatlik:
OLUVChI o‘ziga jo‘natilgan summani “Aziya-Ekspress” tizimining har qanday xizmat ko‘rsatish shoxobchasidan olishi mumkin. OLUVChI pul mablag‘larini olish uchun o‘z pasportini ko‘rsatishi hamda unga JO‘NATUVChI ma’lum qilgan jo‘natma nazorat raqamini (kodni) bilishi kerak. JO‘NATUVChI pulni jo‘natayotganida OLUVChIning rekvizitlarini (familiyasi va ismini) to‘g‘ri ko‘rsatishi hamda OLUVChIga jo‘natmaning nazorat raqamini (kodni) xabar qilishi kerak.

Озвучить

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!