Click to listen highlighted text!

Savollar va javoblar

Nashr sanasi 28-11-2015 / So'nggi o'zgartirilgan 14-09-2016
     
image_pdfimage_print

Savol berish

1.    O‘zmilliybank o‘z mijozlari uchun qanday turdagi kartochkalarni chiqaradi?
Hozirgi vaqtda Milliy bank o‘z mijozlari uchun Visa Classic va Visa Electron xalqaro kartochkalarini, milliy valutadagi mahalliy hisob-kitoblar uchun so‘m kartochkalarini, IAPA, Priority Pass diskont kartochkalarini chiqarmoqda.

2.    O‘zmilliybank kartochkalari kimlar uchun mo‘ljallangan?
O‘zmilliybank chiqaradigan kartochkalarning har xil turlari mijozlarning turli talablariga javob beradi. Masalan, Visa korporativ kartochkalari xorijga xizmat safari xarajatlarini to‘lash uchun qulay. Jismoniy shaxs hisoblanuvchi xususiy tadbirkorlar uchun ochilgan shunday kartochkalar esa ularni yo‘lda katta miqdordagi mablag‘larni olib yurish zaruratidan holi qiladi, borgan mamlakatlarida mahalliy valutada naqd pul olish va to‘lash imkonini beradi, shuningdek respublikadan tashqariga olib chiqib ketilayotgan xorijiy valutani bojxonada rasmiylashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni istisno etadi. So‘m kartochkalar naqd pulsiz hisob-kitoblar uchungina emas, pulni jamg‘arish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. “So‘m kartochka” omonati bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘iga yillik 16% hisobidan har kuni foizlar qo‘shiladi.

3.    O‘zmilliybank plastik kartochkasi qanday ishlaydi?
Plastik kartochka, bu – bank xizmatlari ko‘rsatilishining eng zamonaviy va qulay vositalaridan biri. Mijoz uning yordamida bevosita bankka kelmasdan va uning xodimiga murojaat qilmasdan o‘z bank hisobvarag‘ini boshqarishi, tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz haq to‘lashi, bankomatlar va terminallar orqali zarur miqdorda naqd pul olishi mumkin.
Plastik kartochkalar supermarketlar, do‘konlar, xizmat ko‘rsatish korxonalari, uyali aloqa kompaniyalari, avia va temir yo‘l kassalarida to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadi. Maxsus uskuna o‘rnatilgan har qanday savdo nuqtasida kartochka bilan hisob-kitob qilish mumkin.
Kartochka orqali hisob-kitob qilish tizimining qulayligi shundan iboratki, bunda mijoz do‘konlar va servis korxonalariga o‘zi bilan birga katta miqdorda naqd pul olib borishi kerak bo‘lmaydi. Shu tariqa, vaqt tejaladi va mijozning haqi “urib qolinmasligi” kafolatlanadi.

4.    O‘zmilliybankning plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i qanchalik rivojlangan? U amaliy nuqtai nazardan qaraganda befoyda ziynat emasmi?
Visa kartochkalari Visa International moliya muassasalari xalqaro uyushmasining homiyligida chiqariladi hamda amalda dunyoning barcha mamlakatlaridagi 18 milliondan ortiq savdo-servis korxonalarida, 21 mingta moliya muassasasida, 840 mingdan ziyod bankomatlarda qabul qilinadi.
Bundan tashqari, so‘m kartochkalarga xizmat ko‘rsatishning respublika doirasida vujudga keltirilgan infratuzilmasini rivojlantirish Milliy bank kartochka biznesi sohasida olib borayotgan faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda butun respublika bo‘yicha, shu jumladan turli yo‘nalishlarda ishlovchi savdo-servis korxonalarida qariyb 13 800dan ortiq savdo terminali o‘rnatilgan.

5.    O‘zmilliybank plastik kartochkalarini qayerdan olish mumkin?
Plastik kartochkalarni O‘zmilliybankning mijozga tegishli omonat hisobvarag‘i ochgan har qanday bo‘limidan olish mumkin. Omonatning eng katta miqdori cheklanmagan. Omonatda turgan mablag‘larni mijoz kartochka yordamida huddi naqd pul kabi sarflashi mumkin.

6.    So‘m kartochkani chiqarishda qanday texnologiyadan foydalaniladi? Uning himoyalanganlik darajasi qanday?
Qo‘llanilayotgan smart-texnologiya tufayli so‘m kartochkalar yuksak darajada ishonchli va himoyalangandir. Ular juda uzoq vaqt xizmat qila oladi va 7 yil muddatga chiqariladi.

Kartochka uning egasi va bankka qarshi ruxsatsiz xatti-harakatlar qilinishidan himoyalangan. Kartaga mikroprotsessor o‘rnatilgan bo‘lib, bank kartochkani chiqarayotganda unga barcha zarur axborotni kiritib qo‘yadi. Plastik kartochka faqat uning egasiga ma’lum bo‘lgan PIN-kod yordamida ishlatiladi.
Shu bilan birga, kartochkadan uning egasi ishonch bildirgan shaxslar ham foydalanishi mumkin. Bu esa uning biznes bo‘yicha sheriklar uchun ham, oila a’zolari uchun ham qulayligini oshiradi.
Kartochka biznesida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar bir kartochkaning o‘zida to‘lov vositasi funksiyalarinigina emas, shu bilan birga shaxsni elektron tarzda tasdiqlash, sug‘urta vasiqasi, klubga a’zolik kabi va boshqa qo‘shimcha ilovalarni ham birlashtirish imkonini beradi.

7.    So‘m kartochkalar bo‘yicha naqd pul olish masalasi qanday ahvolda? Bu ish qanchalik muammoli?
Milliy bankning barcha muassasalari hisobvaraq qayerda ochilganidan qat’i nazar, so‘m kartochkalar bo‘yicha naqd pul beradi. Bundan tashqari, bo‘limlarda o‘rnatilgan bankomatlar har kuni, shu jumladan shanba kunlari ham soat 8-00dan 20-00gacha ishlaydi. Ish haqi loyihalari doirasidagi bankomatlar esa kecha-kunduz ishlab turadi.

8.    Ish haqi loyihalari nima? Ular qayerda joriy etilgan?
Bank tomonidan eng yirik tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalarining xodimlariga ish haqini so‘m kartochkalar orqali berish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayapti. Bunda ularning hududlariga bankomatlar ham o‘rnatiladi. Korxonalar o‘z xodimlariga ularning barcha daromadlarini o‘tkazish uchun kartochkalar ochib, o‘zlarining katta miqdordagi naqd pullarni olish, saqlash va berish bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirayaptilar, xodimlar esa ish haqi qachon to‘langanidan qat’i nazar, o‘zlariga kerakli summani istalgan vaqtda kartochkadan olish hamda o‘z ish joylarida bank xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.
Hozirgi kunda Milliy bank 568ta kompaniya va tashkilotni ish haqi loyihalari doirasiga jalb etib, respublikaning amalda barcha mintaqalarini qamrab olgan.
Milliy bank respublikada kartochkalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasining eng rivojlangan, doimiy ravishda o‘sayotgan infratuzilmasiga ega. Bu infratuzilma savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida o‘rnatilgan yuzlab bankomatlar va 1400dan ortiq terminaldan iborat.

9.    Kartochkaga xodimning har qanday daromadlarini o‘tkazish mumkinmi?
Aholining amaldagi qoidalarga ko‘ra omonatlarga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan barcha daromadlari, masalan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, stipendiyalar, qimmatli qog‘ozlardan tushgan dividendlar, lotereyalar bo‘yicha yutuqlar, turli sug‘urta va ijtimoiy to‘lovlar va boshqalar plastik kartochkalarga o‘tkazilishi mumkin.

10.    Plastik kartochka egalariga qanday qo‘shimcha xizmatlar taklif etiladi?
Milliy bank chiqarayotgan diskont kartochkalar turli hayotiy vaziyatlarda mablag‘larni anchagina tejaydi. Masalan, IAPA kartochkalari jahonning eng yaxshi mehmonxonalarida va avtomobillarni ijaraga beruvchi kompaniyalarda narxlar bo‘yicha katta siylovlar olish imkonini beradi. Priority Pass kartochkalari eng katta xalqaro aeroportlarning VIP-zallari eshiklarini ochib beradi.

11.    Plastik kartochkalar sohasida bank xizmatlari bo‘yicha biron bir imtiyozlar bormi?
Tovarlar hamda savdo-servis korxonalarining xizmatlari uchun haq to‘lanayotganda jismoniy shaxs bo‘lgan plastik kartochka egalaridan vositachilik haqi undirilmaydi.
Ish haqi loyihalari joriy etilayotganda korxonalar va tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar doirasida ularning xodimlari uchun boshqa imtiyozlar va siylovlar ham ko‘zda tutilishi mumkin.
So‘m kartochkalar mijozlarning barcha toifalari uchun bepul chiqariladi. Bunda miqdori bank tariflarida ko‘zda tutilgan eng kam badal kiritilishi kifoya. Mijoz – plastik kartochka egasi shu badaldan ham foydalanishi mumkin.

1) Bank muassasalarida plastik karta olish protsedurasi, uning funksional imkoniyatlari, karta bilan bajariladigan operatsiyalar turlari va undan foydalanish istiqbollari to‘g‘risida axborot.O`qish
2) Kartochkalar, tеrminallar, bankomatlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari, shuningdеk shtatsiz vaziyatlar yuzaga kеlganda mijozning xatti-harakatlari to‘g‘risida axborotO`qish
3 ) Tеrminallar olish protsеdurasi, ularning funksional imkoniyatlari va tеrminallardan foydalanish qoidalari to‘g‘risida savdo-sеrvis korxonalari uchun axboroO`qish

Озвучить

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!