Click to listen highlighted text!

Omonatlar

Nashr sanasi 11-11-2015 / So'nggi o'zgartirilgan 19-04-2018
     
Hozirgi kunda O‘zmilliybank muassasalari jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan dеpozit xizmatlarining turalar
Omonat nomi Yillik foiz stavkasi Omonat shartlari
Milliy valyutada
Xonadon           (saqlanib boriladigan) 5% Omonat qishloq joylarida uy qurish uchun 1 yil muddatga ochiladi. Omonatga qo‘shimcha badal sotib olinayotgan uy-joy  narxining 25%ga yetgunga qadar qabul qilinadi. Omonatga mablag‘ qabul qilish muddati chеgaralanmagan.
Nihol 18% 16 yoshgacha bo‘lgan bollar uchun jamg‘arma omonati. Saqlash muddati 5 yildan kam emas,qo‘shimcha badallar qabul qilinadi, foizlarni to‘lash omonat muddati tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Kapitalizatsiyasiz.
Shinam 17% Saqlash muddati 5 oy, qo‘shimcha badallar qabul qilinmaydi, foizlarni to‘lash har oyda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Kapitalizatsiyasiz. Amal qilish muddati tugatilgunga qadar.
Pеnsiya 6 oyga –   16%;       12 oyga -17% Saqlash muddati 6 yoki 12 oy. Omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinmaydi. Omonat pеnsionеrlik guvohnomasi taqdim etilganida qabul qilinadi. Foizlar har oyda kapitallashtirilmagan holda yoki saqlash muddati tugaganidan so‘ng to‘lanadi. Amal qilish muddati tugatilgunga qadar.
Ko‘paysin 17% Saqlash muddati 1 yil. Dastlabki badalning eng kam miqdori — 1 000 000 so‘m. Omonat bo‘yicha 1 million so‘m miqdorida pasaymaydigan qoldiq saqlangan shartlarda kirim va chiqim amaliyotlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, foizlar saqlash muddati tugaganidan so‘ng to‘lanadi. Amal qilish muddati tugatilgunga qadar.
Shodiyona 17% Saqlash muddati 3 oy, boshlang‘ich badal miqdori 1 000 000 so‘m. Omonatga qo‘shimcha badallar faqat naqd pulda qabul qilinadi. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlar saqlash muddatining har oyi yakunida kapitalizatsiyasiz to‘lanadi Amal qilish muddati tugatilgunga qadar.
Daromadli 14% dan 17% gacha Saqlash muddati 1, 2, 3 va 6 oy. Hisoblangan foizlar omonat muddati tugaganidan so’ng to’lanadi va talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi. Qo’shimcha badallar qabul qilinadi. Boshlang’ich badal miqdori chegaralanmagan. Omonatga mablag’lar qabul qilish оmonat bekor qilingunga qadar amalga oshiriladi.
Individual 5% Omonatni saqlash muddati – 1 yil. Boshlang‘ich badal miqdori – 100 000 000 sum. Omonat bo‘yicha 100 000 000 so‘m miqdorida pasaymaydigan qoldiq saqlangan shartlarda kirim va chiqim amaliyotlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.   Foizlar saqlash muddati tugaganidan so‘ng to‘lanadi, kapitalizatsiya qilinmaydi. Qo‘shimcha badallar naqd va naqd bo‘lmagan ko‘rinishda qabul qilinadi. Amal qilish muddati tugatilgunga qadar.
Innovatsiya 16% Omonatni saqlash muddati – 1 yil. Hisoblangan foizlar har oyda, talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmagan holda, mijozning plastik kartochkaga yoki masofadan turib boshqariladigan tizimdagi maxsus hisobraqamga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi. Omonatga mablag‘ qabul qilish ham naqd pul ko‘rinishida, ham plastik karta orqali amalga oshiriladi. Amal qilish muddati tugatilgunga qadar.
Navro‘z 17% Omonatni saqlash muddati – 3 oy. Boshlang‘ich badal miqdori – 1 000 000 so‘m. Mablag‘lar ham naqd pul ko‘rinishida, ham plastik kartadan qabul qilinadi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinadi. Hisoblangan foizlar omonat har oy to‘lab bеriladi, talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi va talab qilib olinguncha hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Omonatga mablag‘lar qabul qilish 2018 yil 31 mayga qadar amalga oshiriladi.
Xorijiy valutadagi multivalutali omonat
Xorijiy valutada
Taraqqiyot   (AQSH dollarida) 4,75% Omonatni saqlash muddati 1 yil. Foizlar har chorak yoki omonat muddati tugagandan so‘ng, talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiyasisiz to‘lanadi. Foizlar omonatchining hoxishiga ko‘ra, AQSH dollari yoki Markaziy bankning kursi bo‘yicha milliy valutada to‘lanadi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinmaydi.
Samarali  (AQSh dollarida) 4% Omonatni saqlash muddati 2 oy. Foizlarni to‘lash talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmagan holda omonat muddati tugagandan so‘ng AQSh dollarida to‘lanadi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinadi.
Ishonch (AQSh dollarida) 4,5% Omonatni saqlash muddati 6 oy. Foizlarni to‘lash har oyda talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmagan holda AQSh dollarida to‘lanadi. Qo‘shimacha badallar qabul qilinadi.
Barqaror  (AQSh dollarida) 5% Omonatni saqlash muddati 1 yil. Foizlarni to‘lash har kvartalda talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmagan holda AQSh dollarida to‘lanadi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinadi.
EVRO 2% Omonatni saqlash muddati 3 oy. Foizlarni to‘lash har oy talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmagan holda to‘lanadi. Qo‘shimcha badallar qabul qilinadi.
Озвучить

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!