Click to listen highlighted text!

Eksport va Importni moliyalash

Nashr sanasi 11-11-2015 / So'nggi o'zgartirilgan 13-02-2017
     

Hozirgi vaqtda Milliy bank va uning barcha bo‘lim filiallari o‘z mijozlariga ularning tashqi iqtisodiy faoliyati yuzasidan kompleks xizmatlarni, shu jumladan xalqaro amaliyotda qabul qilingan barcha shakldagi va har qanday murakkab xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, mijozlarga malakali maslahatlar, jumladan valyuta nazoratining amaldagi tizimi hisobga olingan tashqi savdo kontraktlarining to‘lov shartlari bo‘yicha maslahatlar berish, hisob-kitoblarning individual sxemalarini ishlab chiqish kabi xizmatlarni taklif etmoqda.

Pul jo‘natish operatsiyalari eksport bo‘yicha ham, import bo‘yicha ham hisob-kitoblarning asosiy shaklidir.
Milliy bankning Banklararo hisob-kitob markazi Loro vakil-banklar uchun «yumshoq” va “qattiq” valyutalardagi hisob-kitoblar bo‘yicha kliring markazi vazifasini bajarayapti. Kliring xizmatlarini taqdim etishda to‘lovlarga ishlov berishning zamonaviy ilg‘or texnologiyalaridan foydalanilmoqda. “Abraksis” operatsion dasturiy tizimi yordamida Banklararo hisob-kitob markazi barcha hisob-kitoblarni yuksak darajadagi ishonchlilik bilan real vaqt rejimida amalga oshirayapti.
Milliy bank O‘zbekistonda SWIFT tarmog‘idan foydalanuvchilar guruhining yetakchisidir.
Bank mijozlarga hujjatli akkreditivlar, inkasso va kafolatlar shaklida hisob-kitoblarni amalga oshirish xizmatlarini taqdim etmoqda.
Milliy bank birinchi navbatda ip yigirish-to‘qimachilik sanoati mahsulotlari, shuningdek paxta xom ashyosi O‘zbekistondan eksport qilinishini kengaytirishda ko‘maklashuvchi akkreditiv hamda kafolat operatsiyalarini faol rivojlantirmoqda. Milliy bank akkreditivlari ochilgan kredit yo‘nalishlari hisobiga, qoplama o‘tkazishni talab qilmasdan jahondagi bir qancha yetakchi banklar tomonidan tasdiqlanayapti.
Milliy bank hisob-kitoblarda akkreditivlarning barcha turlaridan foydalanayapti, savdo bitimlari bo‘yicha hisob-kitob sxemalarini ishlab chiqmoqda. Bu esa, savdoni moliyalashning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatini yaratayotir. Bank ham qoplamali, ham qoplamasiz akkreditivlarni ijro etmoqda. Bu holat mijozlarga xorijiy banklarning kredit yo‘nalishlaridan foydalanib, aylanma mablag‘lar uzoq vaqt o‘rinsiz jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini berayapti. Holbuki, ularning miqdori 500 mln. AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil etadi.
Milliy bank respublikadagi va MDH mamlakatlaridagi Loro vakil-banklar o‘rtasida moliyaviy vositachilik qilib, hamisha emitent bank, ijro etuvchi bank, avizolovchi va tasdiqlovchi bank vazifasini bajarishga tayyor.
Bank Xalqaro Savdo Palatasining Unifikatsiyalangan qoidalari yangi tahriri (ICC №500) hamda xalqaro standartlarga muvofiq o‘zbekistonlik mahsulot yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini, shuningdek xalqaro bank normalariga javob beradigan boshqa moliya vositalarini joriy etish yuzasidan Rossiya, Ukraina va Belorussiyaning yetakchi banklari bilan faol ishlamoqda.

Озвучить

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!