Click to listen highlighted text!

Anderrayting va maslahat xizmatlari

Nashr sanasi 11-11-2015 / So'nggi o'zgartirilgan 10-12-2015
     

O‘zmilliybank investitsiya banki sifatida o‘z mijozlariga qimmatli qog‘ozlar emissiyalari anderraytingi bo‘yicha xizmatlarni taklif qiladi. Bozorda investorlar orasida qimmatli qog‘ozlar joylashtirilishi respublika korxonalari uchun moliyaviy resurslarni jalb etishning samarali usuli hisoblanadi. Keyingi yillarda korporativ obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan respublika korxonalarining ehtiyojlarini moliyalash keng ommalashdi.
Korporativ obligatsiyalar, bu – emitent obligatsiyalar so‘ndirilgan kuni investorga nominal summani, shuningdek foizlarni to‘lash majburiyatini olganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlar.
Korxonalarning korporativ obligatsiyalar chiqarishga qiziqishi ortayotganligini an’anaviy qarz vositalariga nisbatan bunday obligatsiyalarning afzalliklari mavjudligi bilan izohlanadi. Bular, xususan:
   •    bozorda qarz resurslarini jalb etish hamda benuqson qarz oluvchi sifatida obro‘ orttirish imkoniyati – kompaniya olib boradigan, jumladan xalqaro bozorlarda qarz mablag‘larini jalb etish istiqbollari yo‘nalishida yuritadigan marketing strategiyasining bir qismi;
   • qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini kreditorlar nazorat qilmasligi;
   • qarz majburiyatlarining tarkibi diversifikatsiyalanishi va tijorat banklariga qaramlik kamayishi;
   • ichki bozorda o‘z obligatsiyalarini sotish-sotib olish operatsiyalarini bajarish yo‘li bilan qarz hajmini boshqarish imkoniyati va boshqalar.

Ushbu vosita investorlarga ham katta imkoniyatlar beradi. Xususan:
 • obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi tijorat banklarining depozitlaridagi foiz stavkasidan yuqori;
 • obligatsiyalar bo‘yicha foizli daromad imtiyozli stavka bo‘yicha foyda solig‘iga tortiladi – 15%.

Anderrayting jarayonida O‘zmilliybank obligatsiyalar chiqarish maqsadga qanchalik muvofiqligini aniqlash yuzasidan konsalting xizmatlarini taqdim etadi, shuningdek obligatsiyalar chiqarilishi va fond bozorida investorlar orasida kafolatli joylashtirilishini ta’minlaydi.
Anderrayting xizmatlari bozorida O‘zmilliybank yuritayotgan siyosat o‘z konservativligi hamda barcha ishtirokchi tomonlarga oid xatarlar real baholanishi bilan ajralib turadi.

O‘zmilliybank anderrayter sifatida:
 • obligatsiyalar chiqarilayotganda mijozlarga barcha turdagi xizmatlarni taqdim etishga tayyor. Bular dastlabki mablaharlar berish, emissiyani davlat ro‘yxatga olish organida ro‘yxatdan o‘tkazish borasida ko‘maklashish, obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish va to‘lov funksiyalarini amalga oshirish kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi;
 • katta sarmoyaga ega. Bu esa unga bozorda marketmeyker vazifasini bajarish imkoniyatini beradi. Bunda emitentning kredit qobiliyati xatari potensial investorlar tomonidan O‘zmilliybankning to‘lovga layoqatsizligi xatari bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi;
 • mijozlar obligatsiyalarining emissiyalarini ko‘rib chiqish va tayyorlash jarayonida emitent va investorlarga oid xatarlarni sinchiklab tahlil qiladi hamda bu xatarlarni boshqarish choralarini belgilaydi. Bunday qilinishi esa bozor ishtirokchilarini maksimal darajada xatardan holi qilish imkonini beradi;
 • moliyalashning boshqa vositalarini ham taklif etishga va ularni korxonaning ehtiyojlariga qarab qo‘llanishga tayyor.

Bank anderrayting xizmatlaridan tashqari, mijozlarga restrukturizatsiyalash va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha ham maslahat xizmatlarini taklif etadi. Bunday xizmatlar ko‘rsatilayotganda O‘zmilliybank xorijiy sherik banklar keng tarmog‘iga egaligi uning afzalligidir. Zero, bu holat bankka ilg‘or nou-xau va potensial investorlarni O‘zbekiston bozoriga jalb etish imkonini beradi.
 

Озвучить

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!