Специальные возможности
10.08.2014

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi 28,8 foizga o'sdi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis  Qonunchilik palatasining  Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo'mitiasi tomonidan  "O'zbekistonda investitsiyaviy muhitni yananda yaxshilashning huquqiy asoslari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Unda investorlarga  ko'shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliq organlari va boshqa nazorat qiduvchi organlar bilan o'zaro munosabatlarini soddalashtirish,  tashqi savdo operatsiyalarini rasmiylashtirish bo'yicha ortiqcha byurokratik  to'siqlarni  bartaraf etish borasidagi vazifalarning  tegishli vazirlik va idoralar  tomonidan bajarilishi muhokama etildi.

Davra suhbatida   sarmoyadorlarning xuquqlarini himoya qilishga qaratilgan hamda ularga imtiyoz va preferensiyalarni nazarda tutgan “Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi, "Chet el investitsiyalari to'g'risida"gi, “Chet  ellik chnvestorlar huquqlarining kafolatlari va ularni  himoya qilish choralari to'g'risida"i, "Raqobat to'g'risida"gi qonunlar hamda O'zbekiston  Prezidentining "To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonlari ijrosi  deputatlar hamda  ekspertlar ishtirokida tahlil etildi.

-  Shu yilning  birinchi  yarim yilligida    investitsiya   iqlimini   yanada   takomillashtirish   hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini modernizatsiyalash, texnologik jihatdan yangilash bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar  natijasida   mamlakatimizga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 10,8 foizga oshdi, deydi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nasimjon Alimov. -   Shu jumladan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar 28,8 foizga  o'sdi.

Ayni paytda Parlament quyi palatasida  "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonun loyihasi muhokama etilmoqda.  Xususan,  loyihada  investitsiya faoliyatini amalga oshirishda ishlatiladigan asosiy tushunchalar aniqlashtirilib,  investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va investitsiya jarayonlarining sub'ektlari,ya'ni investorlar, buyurtmachilar, loyiha ishlab chiquvchilari, pudratchilar, ta'minotchilar va boshqalarning xuquq va majburiyatlarini ta'minlashga  alohida  e'tibor berilgan.

Tadbirda  respublikamizda investitsiya faoliyati ishtirokchilari  uchun yaratilgan qulay muhit va sharoitlar nafaqat  imtiyozlar bilan chegaralanganligi, balki  ushbu imtiyozlarning amaliyotda   ko'llanilishi uchun  ularning   huquqiy himoyasini ta'minlashga ham jiddiy e'tibor qaratilayoganligi ta'kidlandi. 

Davra suhbati ishtirokchilari   bu borada amalga oshirilayotgan chora tadbirlar  barobarida investitsiyalarni ko'paytirish hisobiga  raqobatdosh  mahsulotlar ishlab chiqarish,  iqki bozorlarni  sifatli va arzon mollar bilan to'ldirish,   mahalliylashtirish  mahalliylashtirish bo'yicha ayrim tarmoqlar va hududlarning mavjud  imkoniyatlaridan samarali  foydalanish va  xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq jalb qilishning huquqiy mexanizmlarini kuchaytirish bo'yicha taklif va mulohazalar bildirishdi


Курсы валют

  • USDUZS
  • 7850,00
  • EURUZS
  • 8970,00
  • RUBUZS
  • 116,00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам