Сила в доверии

Background
Вклады в Milliy
Делайте вклады ещё выгоднее!
Подробнее
Background
Visa Direct
Мгновенные переводы без особых усилий!
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini shakllantirish mexanizmi tasdiqlandi

08.07.2015 2900

«O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonunlari va davlatimiz rahbarining 2015 yil 6 maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi “Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) bo'yicha foiz stavkalarini shakllantirish mexanizmi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi. Ushbu qarordagi Nizom talablari banklar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan milliy valyutada jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar)ga tatbiq qilinadi.

Banklar ushbu qaror Nizomi talablaridan kelib chiqib, depozit va foiz siyosatlariga tegishli o'zgartirishlarni kiritishlari lozim.

Ushbu Nizom talablari banklar tomonidan avval jalb qilingan depozit (omonat) shartnomalari bo'yicha belgilangan foiz stavkalarini o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi.

Banklarning depozitlarni jalb qilish sohasidagi faoliyati, shu jumladan jalb qilingan depozitlarga foiz stavkalarini belgilashi, depozitlarni va ularga hisoblangan foiz to'lovlarini bank va mijoz o'rtasida tuzilgan depozit shartnomalariga muvofiq o'z vaqtida qaytarishi banklarning depozit va foiz siyosatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Banklar jalb qilinadigan depozitlar bo'yicha foiz stavkalari darajasini Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi hamda inflyatsiya darajasining so'nggi yillardagi o'zgarishidan kelib chiqqan holda belgilaydilar.

Markaziy bank bank omonatchilari, qarz oluvchilari va kreditorlarining manfaatlarini himoya qilish, depozitlar (omonatlar) bo'yicha foiz stavkalarining asossiz o'sishini oldini olish va shu bilan bog'liq xatarlarning yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaslik hamda bank tizimi barqarorligini ta'minlash maqsadida muntazam ravishda banklarning depozitlar (omonatlar) bo'yicha foiz stavkalari darajasini monitoring qilib boradi.

Bunda, Markaziy bank depozitlar (omonatlar) bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasidan oshgan banklarda foiz siyosatining, shu jumladan foiz darajasining asosli ekanligini aniqlash maqsadida mazkur banklarning foiz siyosatini va moliyaviy holatini alohida o'rganib chiqadi.

UzReport

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 28.03.2024 18:03:06

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2024 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

Яндекс.Метрика

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Техническая поддержка NBU

в сети

Обращение отправлено!

Пожалуйста, ожидайте ответа на
указанный вами Email-адрес

Служба поддержки NBU


Я - Ваш виртуальный помощник.
Загрузка...

Служба поддержки NBU


Выберите интересующую тему

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос