Специальные возможности
23.06.2015

Tijorat banklari tomonidan fermer xo'jaliklariga kredit berish tartibi belgilandi

«O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonunlar, hamda davlatimiz rahbarining  2011 yil 24 avgustdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi va 2012 yil 16 iyuldagi «Statistik, soliq, moliyaviy hiso-botlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi “Tijorat banklari tomonidan fermer xo'jaliklariga bo'lg'usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga ko'ra, davlat ehtiyoji uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirib bermaydigan fermer xo'jaliklarini kreditlash Kichik tadbirkorlik sub'ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to'g'risidagi nizom  asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Kredit olish uchun fermer xo'jaligi uning asosiy depozit hisobvarag'iga xizmat ko'rsatayotgan bankka qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to'g'risida hisobotni taqdim etishlari lozim.

Bundan tashqari Kredit so'rab, barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, berilgan arizaning bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu ariza bo'yicha bank tomonidan kredit berish yoki rad qilish haqida xulosa berish muddati 3 ish kunga o'zgartirildi. Ilgari bu muddat 10 ish kunidan oshmasligi lozim bo'lgan.

Qarorning to'liq matni va sharhlar bilan “O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi” axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

O'zbekistondagi boshqa moliyaviy yangiliklarni www.UzReport.uz da o'qing.

 

UzReport


Курсы валют

  • USDUZS
  • 7850,00
  • EURUZS
  • 8970,00
  • RUBUZS
  • 116,00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам