Специальные возможности
04.10.2015

TIF Milliy banki tomonidan yangi axborot texnologiyalari infratuzulmasi shakllantirilgan

Tezkor hisob-kitoblarni amalga oshirish, katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash, ma'lumotlar taqdim etish sohasida yuqori darajada xizmat ko'rsatish, resurslarni tezkor boshqarish – bularning barchasi bugungi kunda moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar axborot tizimlaridan talab qiladigan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Dunyo bank axborot tizimi rivojlanishining barcha tendensiya va yo'nalishlari O'zbekiston bank sektorida ham o'z aksini topmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining mavjud axborot texnologiyalari infratuzulmasi shular jumlasidandir. 

O'zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham korporativ, ham yakka mijozlarga keng ko'lamda  xizmat ko'rsatadi. Bunda Milliy bankda ishlab turgan «T24» avtomatlashtirilgan bank tizimi mablag'ni kerakli sohaga jamlagan holda resurslar va bo'linmalarni tezkor boshqarish imkonini beryapti. E'tiborlisi shundaki, ushbu tizimni Milliy bank 2004-yilda MDH mamlakatlari orasida birinchilardan bo'lib joriy qilgan.

Jamshid Usmonov O'zbekiston Respublikasi TIF Milliy Banki axborot texnologiyalari Departamenti bosh mutaxassisi UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

 - Tizimning ayni paytdagi moslashuvchanligi uning ko'lamini O'zbekiston Markaziy bankining amaldagi talablaridan kelib chiqib kengaytirish imkonini beradi. 2010-yilda dastur yangi versiyaga ega bo'ldi. U bank ishini zamonaviy talablarga mos ravishda  online tarzda  markazlashtirishni ta'minlaydi. ABS T24 tizimi tarkibiga SWIFT sistemasi bilan to'liq avtomatlashtirilgan aloqa ham kiradi. Bundan tashqari boshqa to'lov tizimlari uchun interfeyslar yaratish ham mumkin.   ABS T24 ning bitta sistemasi  ko'plab filiallar va sho'ba kompaniyalarini xorijiy filiallar bilan ishlashning to'liq imkoniyati bilan qo'llab turadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki mutaxassislarining ta'kidlashicha, umuman olganda mazkur moliya muassasasining axborot tizimi butun dunyodagi moliya tashkilotlari bilan banklararo aloqalarni yuqori darajada ta'minlashga, shu bilan birga respublikamizdagi mijozlarga zarur xizmatlarni tezkor taqdim etib, xizmat ko'rsatish sifatini ham yuksakka ko'tarishga qaratilgan. 

 

UzReport


Курсы валют

  • USDUZS
  • 7803.79
  • EURUZS
  • 8925.19
  • RUBUZS
  • 115.70

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам