Специальные возможности
21.04.2014

'O'zavtosanoat' AK 6 213,7 mlrd. so'm prognozda 51- loyiha bo'yicha 6 864,4 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqardi

     Mamlakatimizdagi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish o'zbek Davlat dasturini amalga oshirishdan asosiy maqsad tayyor mahsulot va qo'shimcha ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishda mahalliy xom-ashyo ulushini oshirishdan iborat bo'lib, unga binoan, 2013 yilda “O'zavtosanoat” AK koroxonalari tomonidan 6 213,7 mlrd. so'm prognozda 51- loyiha bo'yicha umumiy 6 864,4 mlrd. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarilishi ta'minlangan (110,5 foiz). Shuningdek 6 994,8 mlrd. so'mlik, jumladan eksportga – 677,03 mln. AQSh dollarilik mahsulot sotilgan. Shuningdek, dastur bo'yicha 96 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
     Yurtimizda mahalliylashtirish daturiga kiruvchi korxonalar qator soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo'lib, bu ularga ishlab chiqarish tannarhini sezilarli darajada pasaytirish hisobiga chiqarilayotgan mahsulot raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.
     Dasturga binoan, joriy yilda 14 ta loyiha bo'yicha umumiy 130,9 mlrd. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
     2013 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan bitimlarning bajarishi jadvalida 1 330,5 mlrd. so'mlik tayyor mahsulot, qo'shimcha ehtiyot qismlar va materiallarning xarid qilinishi ko'zda tutilgan.
     Bundan tashqari, kompaniya korxonalari 2013 yilning oktabr oyida bo'lib o'tgan VII Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ishtirok etib, tadbir doirasida umumiy summasi 1 666,5 mlrd. so'mga teng 151 ta shartnoma imzolandi.
     2014 yilda 17 343,7 ming AQSh dollari qiymatiga teng 112 ta dona ma'naviy va jismoniy eskirgan uskunalarni alishtirish rejalashtirilmoqda

UzReport 18.04.2014
 


Курсы валют

  • USDUZS
  • 7850,00
  • EURUZS
  • 8970,00
  • RUBUZS
  • 116,00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам