Специальные возможности
12.07.2015

Milliy bank bo'lim va filiallari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 983 mlrd.so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratildi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi sayohat bo'limi Boshqaruvchi o'rinbosari Azamat Qurbonov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari dasturi to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan ayollarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga barcha moliyalash manbalari hisobidan jami 163 mlrd.so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratilgan bo'lib, o'sish o'tgan yilning mos davriga nisbatan 44 mlrd.so'mni tashkil etgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2010 yil 28 iyuldagi «Ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida» Farmoniga muvofiq barcha manbaalari hisobidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirishga jami 25 mlrd.so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratilgan bo'lib, o'sish o'tgan yilga nisbatan 8 mlrd.so'mni tashkil etgan. Buning natijasida 1 300 dan ortiq yangi ish o'rinlari tashkil etilishiga zamin yaratilgan.

Shu o'rinda ya'na bir ma'lumot  «Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo'jaliklarga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi Nizomga muvofiq hisobot davrida jami 15 mlrd.so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratilgan bo'lib, o'sish o'tgan yilga nisbatan 8 mlrd.so'mga oshganligini ko'rsatadi. Buning natijasida 1 600 dan ortiq yangi ish o'rinlari tashkil etilishiga zamin yaratilgan. O'zmilliybank bo'lim va filiallari tomonidan hisobot davrida tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun jami 213 mlrd.so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratilgan bo'lib, o'sish o'tgan yilning mos davriga nisbatan 72 mlrd.so'mni tashkil etgan.


Курсы валют

  • USDUZS
  • 7850,00
  • EURUZS
  • 8970,00
  • RUBUZS
  • 116,00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам