Сила в доверии

Background
Карта рассрочки Solfy
Шоппинг с беспроцентной рассрочкой
Подробнее
Background
Авто платежи в приложении Миллий
Наслаждайтесь своим свободным временем!
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

Mamlakatimiz bank-moliya tizimining joriy yil 1- yarim yillikdagi faoliyati yakunlari ma'lum qilindi

30.08.2016 2798

Respublika Markaziy bankida bank tizimining 2016-yilning I-yarim yilligidagi faoliyati yakunlari muhokama qilindi. Unda ma'lum qilinishicha, hisobot davrida Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2016-yilga mo'ljallangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning bajarilishiga qaratildi. 

Avvalo joriy yilda  davlatimiz rahbarining  bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishga qaratilgan direktiv hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosi ta'minlanganligini ko'rish mumkin.

 Jumladan, o'tgan vaqt davomida  bank tizimining kapitallashuv darajasini oshirish, uning likvidligini yanada mustahkamlash, barqarorligini kuchaytirish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.  Natijada  aksariyat  yo'nalishlar bo'yicha   yuqori ko'rsatkichlarga erishildi. Xususan, tijorat banklarining umumiy kapitali o'tgan yilning 1 iyul holatiga nisbatan 23,3 foiz oshib, 2016-yil 1-iyul holatiga ko'ra, 8,6 trln. so'mni tashkil etdi.

 Hisobot davrida  bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi belgilangan xalqaro me'yorlardan  3 barobarga ko'p bo'ldi. Bank aktivlari o'tgan yilnin 25,1 foiz o'sib, bugungi kunda 73,4 trln. so'mga yetdi.

Yarim yillik ko'rsatkichlar  shuningdek, moliya muassasalarining  kreditlari mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda katalizator vazifasini bajarayotganligini  isbotlamoqda. Masalan  hisobot davrida iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi o'tgan yilning 1 iyul holatiga nisbatan 26,2 foiz ko'paygan va 2016-yilning 1-iyul holatiga ko'ra, 48 trln. so'mdan oshgan.

Investitsiya maqsadlariga ajratilgan investitsion kreditlari hajmi esa         5,8 trln. so'mni tashkil qildi va bu ko'rsatkich 2015-yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobar ko'p bo'ldi.   Bundan tashqari,  o'tgan olti oy davomida xususiy sektorga  ajratilgan kreditlarda ham o'sish dinamikasi kuzatildi. Xususan,  tadbirkorlikka   8,3 trln. so'm miqdorida  kreditlar yo'naltirildi.  Bu 2015-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko'p degani.

 Tijorat banklarining resurs bazasini ko'paytirish bo'yicha  amalga oshirilayotgan izchil choralar banklarning jami depozitlari miqdori yildan yilga oshib borishiga sharoit yaratmoqda. Xususan, ushbu ko'rsatkich 2015-yilning shu davriga nisbatan 27,7 foiz o'sib, hozirgi kunda 40,1 trln. so'mni tashkil etmoqda. Hisobot yilida moliyaviy xizmatlar tarkibida, bevosita bank xizmatlarining ulushi 87 foizga yetib, bu ko'rsatkich ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobardan ziyodga oshganligini ko'rish mumkin.

Manba:  uzreport.uz

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 29.03.2024 04:48:51

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2024 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

Яндекс.Метрика

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Техническая поддержка NBU

в сети

Обращение отправлено!

Пожалуйста, ожидайте ответа на
указанный вами Email-адрес

Служба поддержки NBU


Я - Ваш виртуальный помощник.
Загрузка...

Служба поддержки NBU


Выберите интересующую тему

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос