Специальные возможности
08.11.2013

Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmlari 3313,9 mlrd. so'mni tashkil qildi

UzReport 08.11.2013

     Qo'mita tomonidan tijorat banklari va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda korxonalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash va ularning ishlab chiqarish quvvatlaridan to'liq foydalanish, yangi ish o'rinlarini yaratish bo'yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturlari respublikaning barcha mintaqalaridagi 8141 ga yaqin korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalar kiritishni nazarda tutadi. Ushbu maqsadlarda 2,9 trln. so'm investitsiyalarni, shu jumladan 1,2 trln.so'm tijorat banklari kreditlarini jalb qilish rejalashtirilgan.
     O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi va unga qarashli tarkibiy tuzilmalarining 2013 yilning 9 oyligidagi ish faoliyati bo'yicha bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2013 yilning 1 oktyabr holatiga dasturga kiritilgan korxonalarni modernizatsiyalash va ularda ishlab chiqarishni tiklash uchun jami 1927,2 mlrd. so'm investitsiyalar jalb qilindi, shundan 867 mlrd. so'mi tijorat banklari kreditlari.
     Natijada, joriy yil yanvar-sentyabr oylarida moliyaviy qo'llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmlari 3313,9 mlrd. so'mni tashkil qildi, 80,9 mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi va 46,2 mingga yaqin yangi ish o'rinlari tashkil qilindi.
 


Курсы валют

  • USDUZS
  • 7850,00
  • EURUZS
  • 8970,00
  • RUBUZS
  • 116,00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам