Специальные возможности
25.11.2015

IV Toshkent xalqaro bank forumi o'z faoliyatini boshladi

Shu yilning 25-29 noyabr kunlari poytaxtimizda “O'zbekiston Respublikasi bank tizimi: holat, tendensiya, yangi chaqiruv va yechimlar”   mavzuida  IV Toshkent xalqaro  bank forumi o’z dfaoliyatini boshladi.

Forum maqsadi   - xalqaro bank  tizimi holati, uni  rivojlantirishning muammo va  ustuvor vazifalari, zamonaviy bank tizimi va moliya xizmatlarini rivojlantirish tendensiyalarini   muhokama etish; O'zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari  bilan tanishish va xorij sarmoyalarini xalb qilishda  mahalliy tijorat banklari  ishtirokini ta'minlash; shuningdek mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish; xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda bank- moliya  bozori ishtirokchilari  o'rtasida tajriba almashish;  milliy va chet ellik  bank sohasi vakillari, qolaversa  bank tizimi infrtuzilmasi  vakillari  o'rtasida  aloqalarni yo'lga qo'yish va  mustahkamlashdan iboratdir.

Forum ishida dunyoning 10 dan ziyod mamlakatlaridan  vazirlik va idoralar, banklar, auditorlik va moliya tashkilotlari, OTM, xalqaro reyting agentliklarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etadi.

Forumning asosiy tadbirlari 26-27 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. Tadbir kun tartibidan o'rin olgan mavzular, xususan  zamonaviy  bank sektori holati va uni rivojlantirish tendensiyalari, bank nazorati va muvofiqlashtirish, kichik biznes va huquqiy tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning roli seksiyalar yig'ilishlarida ko'rib chiqilsa, forum doirasida   Fitch Ratings reyting agentligi tomonidan «O'zbekiston bank sektori: tashqi bosimning kuchayishi»  mavzuida seminar,  Grant Thornton auditorlik  kompaniyasi tomonidan «Korporativ boshqaruv: amaliyot va tajriba» mavzusida davra suhbati o'tkaziladi.   Bundan tashqari, bank- moliya sektori vakillariga muzokaralar o'tkazish hamda hamkorlikni kengaytirish  imkonini beruvchi biznes uchrashuvlar tashkil etiladi.

 

UzReport


Курсы валют

  • USDUZS
  • 7850,00
  • EURUZS
  • 8970,00
  • RUBUZS
  • 116,00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам